Foydali manbalarBiznes haqidaSun’iy intellekt orqali boyigan milliarderlar

Sun’iy intellekt orqali boyigan milliarderlar

Sun’iy intellekt (SI) bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar aksiyalarining qimmatlashuvi hamda bu sohaga sarmoyalarning ko‘payishi sababli yangi milliarderlar paydo bo‘ldi.

“Forbes” ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda milliarderlar ro‘yxatiga 9 nafar top-menejer qo‘shilgan. Ularning hammasi sun’iy intellekt bilan bevosita va bilvosita shug‘ullanuvchilar.

  1. Charlz Lyan, “Super Micro Computer”, $6,1 mlrd

Charlz Lyan Super Micro Computer asoschilaridan sanaladi, kompaniya IT-infratuzilmalar yaratadi. Kompaniyaga qarashli serverlar va tizimlardan SI va bulutli servislarga ixtisoslashgan kompaniyalar faol foydalanmoqda. 2023-moliyaviy yilda Super Micro Computer rekord — $7 mlrd daromad oldi, aksiyalari esa 1100 foizdan ko‘proq qimmatlashdi.

  1. Kvak Don Shin, Hanmi Semiconductor, $2,9 mlrd

Kvak Don Shin 1980-yilda asos solingan Hanmi Semiconductor kompaniyasini boshqaradi. Kompaniya chiplar uchun butlovchi qismlar chiqaradi. Asosiy mijozlari — Samsung Electronics va SK Hynix kabi taniqli brendlar. SI sharofati bilan 2023-yilda Hanmi Semiconductor aksiyalari qiymati 560 foizga yaxshilandi.

  1. Syunsaku Sagami, brokerlik faoliyati, $1,9 mlrd

Syunsaku Sagami — institut rahbari. Bu institut tadqiqotlari kompaniyalarning birikishi va sotib olinishini o‘rganishdan iborat. Institut salohiyatli xaridorlarni axtarishda sun’iy intellektdan foydalanadi. Sagami netvorkingchi — tadbirkor kichik va o‘rta biznes vakillari o‘rtasida vositachilik qiladi.

  1. Ivan Chjao, Notion, $1,5 mlrd

Notion asoschilaridan biri va bosh direktori Ivan Chjao pullarini sun’iy intellektga tikib adashmadi. 2015-yilda hamma xodimlarini bo‘shatib yuborib, San-Fransiskodagi ofisini ijara (subarenda)ga berdi va Yaponiyaga ko‘chib o‘tdi. Forbes baholashicha, Notion kompaniyasi narxi $5 mlrd, Ivan Chjao boyligi $1,5 mlrdga yetgan.

  1. Brett Adkok, Fig, $1,4 mlrd

Brett Adkok — Fig kompaniyasi asoschisi va rahbari. Fig sun’iy intellektga asoslangan “umumiy foydalanish uchun gumanoid” (odamsimon robot) yaratish bilan band. Adkok $2,6 mlrd.ga baholanayotgan kompaniyaning taxminan 50 foiz aksiyalariga egalik qiladi. 2024-yil fevralida Fig Jeff Bezos, Microsoft, Nvidia va OpenAIdan $675 mln sarmoya jalb qildi.

  1. Liza Su, Advanced Micro Devices (AMD), $1,3 mlrd

Liza Su 2014-yilda rahbarlikka kelganidan buyon Advanced Micro Devices aksiyalari 60 karradan ko‘proq qimmatlashdi. Bejizga uni “mikrochiplar qirolichasi” deyishmaydi. Kompaniya SI sohasi uchun yarimo‘tkazgichlar chiqaradi.

  1. Mishel Zatlin, Cloudflare, $1,2 mlrd

Cloudflare kompaniyasi amaliyotlar direktori Mishel Zatlin mijozlarni himoyalash va kibertahdidlarning oldini olish uchun sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Uning kompaniyasi dasturlash sohasi mutaxassislariga o‘z sun’iy intellekt modellarini yaratish uchun xavfsiz bulutli muhit taqdim etib kelmoqda. Cloudflare aksiyalari 2023-yilda 65 foiz qimmatlashdi, kompaniyaning atigi 2 foiz aksiyasiga ega Zatlin Forbes milliarderlari reytingiga kirdi.

  1. Sem Altman, OpenAI, $1 mlrd

Sem Altman — OpenAI bosh direktori. 2022-yilda u ChatGPT chat-botini ishga tushirib, chin ma’noda sun’iy intellekt sohasida inqilob yasadi. Nega sun’iy intellekt sohasining eng taniqli kishisi soha milliarderlari orasida atigi 8-o‘rinda, degan savol tug‘iladi. Javobi shuki, Sem Altman $80 mlrd.dan qimmatroqqa baholanuvchi OpenAI kompaniyasining birontayam aksiyasiga ega emas.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Altman $1 mlrd.ni 2014-yildan 2019-yilgacha Y Combinator startapini boshqarib qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin. Qolaversa, uning qo‘lida Reddit, Stripe hamda yadroviy sintez bilan shug‘ullanuvchi Helion startapi aksiyalari bor. TIME jurnali Sem Altmanni yil bosh direktori deya e’tirof etgandi.

  1. Harvi Jons, Nvidia, $1 mlrd

Harvi Jons — sarmoyador va tadbirkor, Nvidia ta’sischilari kengashi a’zosi. Kompaniya aksiyalari eng yirik benefitsiarlaridan biridir. Uning boyligi ham $1 mlrd.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...