LoyihalarBiznes motivatsiya"Disney" kompaniyasidan ishtiyoq beruvchi 3 ta biznes motivatsiya

«Disney» kompaniyasidan ishtiyoq beruvchi 3 ta biznes motivatsiya

Qiziquvchanlik, innovatsiya va «afsun» haqida

1.“Nima uchun?” degan savol bilan koʻproq murojaat qiling

Agar farzandlaringiz boʻlsa yoki bolalar bilan tez-tez muloqot qilib tursangiz (yoki bolaligingiz yodingizda boʻlsa), mittivoylarning eng sevimli savoli – “Nima uchun?” ekanini juda yaxshi bilasiz. Kattalar bu savolni juda kam berishadi. Biz faktlar va jiddiy axborotlarga tayanishga odatlanganmiz. Bu ijobiy holat. Biroq raqobatchilarimizda ham xuddi ana shu maʼlumotlar mavjud. Mazkur holatda koʻprogʻiga erishish uchun qanday qilib biznes-strategiyani qurish mumkin? “Nima uchun?” savoli bilan oʻz-oʻzingizga murojaat qilishga harakat qiling.

Masalan, nima uchun odam koʻpincha bitta restoranga tashrif buyurishi holatini tahlil qilamiz:

Nima uchun sevimli restoraningizga borasiz? – U qulay yerda joylashgan va taomlari yaxshi.

Nima uchun sizga taomlari yoqadi? – U mazali va arzon.

Biroq nima uchun aynan shu restoranni tanlaysiz, yaqin atrofda shunga oʻxshagan muassasalar koʻpku? – Bu yerda xizmat sifati yaxshi.

Sizga bunday sifat nima uchun yoqadi? – Siz bilan shunday munosabatda boʻlishadi-ki, oʻzingizni darhol yaxshi his etasiz.

Bunday munosabatda boʻlishganida nima uchun oʻzingizni yaxshi his etasiz? – Restoran menejeri ismlarni yodda saqlaydi va tabassum bilan kutib oladi. Ofitsiantlar shoshilmaydi va kuningiz qanday oʻtganini chin dildan soʻraydilar. Ayrimlari odatiy buyurtmalarimni ham bilishadi.

Nima uchun bu sizni yana va yana aynan shu restoranga qaytishga majbur qiladi? – Bu yerda oʻzingizni deyarli oila aʼzosidek his etasiz, mazkur holat esa bugungi kunda kamyob narsa.

Takror va takror savol bilan murojaat qilib, muassasani yoqtirish muayyan taom va narxga emas, ushbu joyda oʻzingizni qanday his etishingizga bogʻliq ekaniniga amin bo‘ldik . Qaysi sohada ishlashingizdan qatʼi-nazar mijozlar va ularning his-tuygʻulari siz uchun eng muhim narsa boʻlishi lozim. “Nima uchun?” savoli esa ularni yaxshiroq tushunishda yordam beradi.

2. Miyaning alfa-toʻlqinlarini ishga tushiring 

“Agar yangi ishtiyoqlar paydo boʻlmasa, yangi gʻoyalar ham tugʻilmaydi” – deya takrorlardi Walt Disney kompaniyasi innovatsiyalar va ijod boʻlimining sobiq boshligʻi Dunkan Uordl (Duncan Wardle). Bu toʻgʻri fikr. Doimiy ravishda bir xil ishni bajarganda biror yangi narsa oʻylab topish imkoniyatidan mahrum boʻlasiz.

Odatiy tartibni oʻzgartirishga harakat qiling va bunda miyaning alfa-surʼatlarini ishga soling. Ana shu turdagi miya toʻlqinlari sokin holatga xosdir. Olimlar ular ijodkorlikning yuqori darajasi bilan bogʻliq ekanini isbotlashgan.

Gʻaroyib g‘oyalar hotirjam holatda boʻlganimizda paydo boʻladi: yuvinish xonasida, sayr vaqtida, meditatsiya yoki mashgʻulotlar davomida.

Ish kunida hotirjam nafas olishga ham vaqt boʻlmaydi. Buni oʻzgartirishga harakat qiling. Masalan, Googleʻda xodimlari vaqtining  20 foizini fikrlashga sarflashlari mumkin. Buning natijasida esa Gmail, AdSense va “Google Yangiliklar” paydo boʻlgan.

Alfa-toʻlqinlarni ishga tushirish mumkin boʻlgan ish sharoitlarini yarating. Masalan, jamoa aʼzolarining har kunlik yigʻilishlarini birgalikdagi jismoniy mashqlar yoki meditatsiyaga bagʻishlang. Agar bu siz uchun oʻta radikal boʻlsa, majlislarda hech boʻlmaganida musiqani yoqing. Umuman, majlislarni gʻoyalarning rasmiy taqdimoti emas, suhbat deb qabul qiling.

3.Yodingizda boʻlsin, har bir insonda ijodiy salohiyat mavjud

Rahbarlar ijod – “ijodkorlar” boʻlimining yoʻnalishi deb hisoblab, koʻpincha xatoga yoʻl qoʻyishadi. Biroq salohiyat har bir insonda mavjud. Bor-yoʻgʻi uni kashf etish uchun mos keladigan sharoit zarur.

Ofis dizaynini oʻzgartiring. Shunday muhit yaratingki, turli boʻlimlardagi odamlar kutilmaganda uchrashib, suhbat qura olishsin. Aynan shunday rejalashtirilmagan suhbatlarda koʻpincha yangi gʻoyalar tugʻiladi.

“Yaxshi” gʻoyalar tushunchasini oʻzgartiring. Biror kishining takliflari oʻta gʻalati boʻlib koʻrinsa ham ulardan voz kechmang. Odamning hozirgi gʻoyasi u qadar yaxshi boʻlmasa-da, keyingisi ajoyib boʻlishi mumkin. Agar uni darhol tanqid qilishga tushsangiz, kelasi safar u oʻz fiklari bilan oʻrtoqlashmaydi.

Fikrlash tarzini oʻzgartiring. Rahbariyat yoki ijod boʻlimi jamoadagilarning qolgan qismiga qaraganda ijodkorroq deb oʻylash yaramaydi. Kompaniyada oʻzaro yordam va koʻmak madaniyati rivojlangan boʻlsa, odamlar bir-birlarini teng deb sanashganida xodimlarning salohiyati oʻsadi.

Texnologiyalar + Ijodkorlik = Afsun

Sunʼiy idrokning rivojlanishi bilan millionlab ish oʻrinlari avtomatlashtiriladi. Biroq ijodkorlikning ahamiyati orta boshlaydi. Bu brendingiz nafaqat biror kashfiyotni amalga oshirishi, balki undan keyin ham mavjud boʻlishi uchun zarur.

Jamoangizdagi kashfiyotchilikni qoʻllab-quvvatlash va unga sarmoya kiritishning ayni vaqti. Ana shunda kelajakda birgalikda sehrli yutuqni yaratishga muvaffaq boʻlasiz. Uolt Disney aytganidek: “Loyihalashtirish va ijod qilish, dunyodagi eng gʻaroyib joyni yaratish mumkin. Biroq orzuni amalga oshirish uchun insonlar kerak”.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...