LoyihalarBiznes motivatsiyaIshbilarmon Richard Brensondan 33 muvaffaqiyat qoidasi

Ishbilarmon Richard Brensondan 33 muvaffaqiyat qoidasi

«Sizning qo‘ng‘irog‘ingiz biz uchun juda muhim, lekin ayni damda barcha operatorlar band», degan gap faqat norozilikni keltirib chiqaradi. Virgin aviakompaniyasi mijozlari esa quyidagi javobni olishadi:

«Assalomu alaykum, mening ismim Richard Brenson, men aviakompaniya egasiman. Ayni damda barcha operatorlar band. Bu yaxshi emas. Keling, bunday yo‘l tutamiz: agar 18 soniyadan keyin sizning qo‘ng‘irog‘ingizga hech kim javob bermasa, siz 450 funt chegirmaga ega bo‘lasiz. Teskari hisob ketdi – 18, 17, 16, 15…»

Bunday javobni eshitgan mijoz faqat bir narsa haqida orzu qiladi – operator javob bermasa edi!

Bunday ajoyib biznes usuli zamonamizning eng badavlat va mashhur ishbilarmonlaridan biri Richard Brenson tomonidan o‘ylab topilgan. U serg‘ayrat, aqlli va biroz o‘ziga xos fe’lga ega inson – ehtimol, aynan shu xislatlar unga kichik musiqiy do‘konni 10 yil ichida xalqaro ko‘p yo‘nalishli biznesga aylantirishga yordam bergandir.

Richard Brenson o‘zining noodatiy chiqishlari bilan ham mashhur, shu bois uni stereotiplarni buzishni yaxshi ko‘ruvchi xippi-milliarder deb atashadi.

Ishbilarmonning ta’kidlashicha, faqat bir holatdagina muvaffaqiyatli biznes qurish mumkin: unga chin dildan yondashilsa!

Richard Brensonning ilhom baxsh etuvchi 33 qoidasi:

  1. Ishbilarmon bo‘la turib xato qilmagan bo‘lsangiz, siz ishbilarmon emassiz.
  2. Hayotda faqat o‘lim va soliqlar oldida chorasizmiz. Biznesda esa faqat bir narsaga ishonch hosil qilish mumkin: bir kuni barchasi rejadagidek bo‘ladi.
  3. Yoqmagan ishga qo‘l urmang.
  4. Men biznesga doim yoqimli mashg‘ulot sifatida qaraganman va ba’zan ish qayerda tugab, shaxsiy hayot qayerda boshlanganini ham sezmay qolaman.
  5. Pul — muvaffaqiyatning yomon ko‘rsatkichi. Undan faqat shon-shuhratgina o‘tishi mumkin.
  6. Menga qo‘l uchida xizmat ko‘rsatishsa ham, xursand bo‘laveraman. Yo‘q, men noqulaylikni yaxshi ko‘rmayman – shunchaki, eng yaxshi biznes-g‘oyalarim menga sifatsiz xizmat ko‘rsatilgandan keyin paydo bo‘lgan.
  7. Birovning fikriga quloq tutish va o‘zimning g‘oyalarimdan-da yaxshi takliflarni qabul qilishga tayyorligim 40 yil davomida menga faqat yordam bergan.
  8. Axloq — biznesda quruq so‘z emas. Butun mazmun shunda.
  9. Biznes odamlar hayotini yaxshilash va boyitishga yo‘nalgan, aks holda uni boshlashga ham hojat yo‘q.
  10. Kamroq va’da berib, ko‘proq bajargan ma’qul, aksi emas.
  11. Ishbilarmon muvaffaqiyatsizlikni salbiy tajriba deb qabul qilmasligi kerak: bu shunchaki qing‘ir yo‘l orqali o‘rgatuvchi soha.
  12. Muvaffaqiyat sizni butun umr boqmaydi.
  13. Men uchun xodim o‘z ish beruvchisi uchun uzr so‘rashidan-da yomonroq holat yo‘q.
  14. Men avvalgidek odamlar bilan yozishishni emas, yuzma-yuz suhbatlashishni afzal deb bilaman.
  15. Men butun umrim davomida ish xonasidan imkon qadar uzoqroq yurganman va asosan uch joyda ishlaganman: uyda, yaxtada va gamakda.
  16. Dushmanlaringiz bilan do‘st tutining — bu biznes uchun ham, hayot uchun ham yaxshi qoida.
  17. Muvaffaqiyat o‘z-o‘zidan kelmaydi: uning ustida ishlash kerak.
  18. Biznesda hayotdagi kabi yaxshilik qilish muhim.
  19. Men baxtli insonman. Tabassumni kanda qilmayman. Men odamlarni, hayotni, hazil-huzulni yaxshi ko‘raman. Kulgi qalbni yumshatadi, degan gapga qo‘shilaman.
  20. Ishbilarmonlikda konservativ fikrlashga o‘rin yo‘q, zero u sizning qanotingizni sindiradi, zaif, dalillarni baholay olmaydigan  qilib qo‘yadi va oxir-oqibat «o‘ldiradi».
  21. Ishonchim komil: «mumkin emas» degan sindiruvchi so‘z sizni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
  22. Men uchun biznesni yo‘lga qo‘yish — faxrlanish, qobiliyatli kishilarni birlashtirish va atrofdagilarning hayotini jiddiy o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan soha.
  23. Oldindan o‘ylangan tavakkalga qo‘l urishdan qo‘rqmang. Ba’zan shunisi ham yaxshi.
  24. Yodingizda bo‘lsin: hali hech kim o‘limi oldidan idorada kam vaqt o‘tkazganidan afsuslanmagan.
  25. Men hatto uy kiyimida ham ishbilarmon bo‘lishdan to‘xtamayman va albatta, jiddiy kostyum kiyganim bilan ishbilarmonlik xislatlarim oshib qolmaydi.
  26. Ishchilaringizga o‘z elektron manzilingiz va telefon raqamingizni ma’lum qiling. Ular sizni sababsiz bezovta qilishmaydi, lekin sizning xatti-harakatlaringiz ularga kuchli psixologik rag‘bat beradi: ular muammo yechimi sizning ishtirokingizni talab qilsa, istagan vaqt sizga murojaat qilishlari mumkinligini bilishadi.
  27. Haqiqiy yetakchilik u yoki bu qaror nima uchun qabul qilinganini aniq va xotirjam tushuntirib berishdan iborat.
  28. Qandaydir ish zavq bag‘ishlamay qo‘ysa, men o‘zgarishlar haqida o‘ylay boshlayman. Hayot uni norozi kayfiyatda o‘tkazish uchun haddan tashqari qisqadir.
  29. Mening shiorim: quvonib yasha, pul esa keladi.
  30. Hayotda doim nimanidir yutasiz, nimanidir yo‘qotasiz. G‘alabani mamnun va quvnoq qarshi ol. Mag‘lubiyat uchun afsuslanma va kayfiyatni tushirma. Hech qachon ortga qarama – qaragan bilan o‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Biroq men o‘tmishdagi xatolarimdan xulosa chiqarib yashashga harakat qilaman.
  31. Agar yangi biznes boshlab, mendan qaysi saboq bilan o‘rtoqlashishim mumkinligi haqida so‘rasangiz, shunday deb javob beraman: Har bir shartnomani imzolayotganda tartibga rioya qiling. Qizg‘anchiqlik qilmang, lekin g‘alaba sari intiling».
  32. O‘ylashimcha, qulab tushmagunimcha tanlagan yo‘limdan to‘xtamayman.
  33. Hayotda imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligiga ishonchim komil.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...