Matbuot xizmatiYangiliklarJuma tabrigi va diniy masalalarni tarqatish atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat

Juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatish atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “juma tabrigi”, “Qur’oni karim oyatlari”, “Payg‘ambar alayhissalom hadislari”, yurtimiz ulamolari va imom-domlalarining mav’izalarini tarqatish go‘yoki mumkin emas, degan mazmundagi asossiz xabarlar keng tarqatilmoqda.

Shuningdek, yurtimizdagi rasmiy diniy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni mutolaa qilish yoki ulashish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ham vahima uyg‘otuvchi yolg‘on xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ta’kidlash kerakki, ijtimoiy tarmoqlarda aholi orasida sarosimaga soluvchi shunday noto‘g‘ri xabarlar tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik keltirib chiqaradi.

2021-yil 5-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, e’tiqod erkinligi kafolatlangan. Fuqarolar dinga e’tiqod qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni o‘tkazish hamda o‘z dinining ta’limotlarini o‘rganish haq-huquqiga egadir.

Shunga binoan mo‘min-musulmonlar uchun zarur bo‘lgan diniy masalalar rasmiy elektron manbalar orqali keng yoritib borilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi ma’lumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin. Jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday ta’qib yo‘q.

Ta’kidlash joizki, Islom ma’rifatini tarqatish, xalqimizga dinu diyonatni yetkazish va yoshlarni ilmu ma’rifatli qilish ziyolilar, xususan din peshvolarining eng muhim vazifasidir.

Shu maqsadda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tizimidagi imom-domlalar tomonidan internet tarmog‘i orqali ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi muslim.uz saytida “Qur’oni karim va tajvid”, “Ilm va odobga oid hadislar sharhi”, turli va’z-nasihatlar, Fatvo markazining fatvo.uz kanalida diniy savol-javoblar va Muftiy hazratlarining @Muftiy_Nuriddin_domla kanallarida  ruhiy tarbiyaga oid suhbatlar muntazam joylashtirib borilmoqda.

Demak, mo‘min-musulmonlarimiz mana shunday rasmiy, ishonchli ijtimoiy tarmoqlardagi diniy-ma’rifiy mazmundagi barcha ma’lumotlarni mutolaa qilishlari hamda yaqinlariga ulashishlari mumkin.

Eslatma shuki, buzg‘unchi oqimlar g‘oyalarini o‘ziga jalb etuvchi musiqiy ohang, fotosurat yoki ramzlar orqali zimdan tarqatishga urinmoqda. Shuning uchun ham ekstremistik g‘oyalarni har qanday shaklda xoh juma tabrigi bo‘lsin, xoh boshqacha atribut yoki surat shaklida bo‘lsin, ularni tarqatish, saqlash va foydalanish qonunan ta’qiqlanadi. Shunday ekan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi fuqarolarni yana bir bor ogoh va hushyor bo‘lishga chaqiradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab Canva‘dan uch yil bepul foydalanadi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi Canva kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzoladi. O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq umumta‘lim maktablari Canva for Education platformasidan uch yil davomida bepul foydalanadi....

O‘zbekistonda yagona raqamli platforma joriy etiladi, takrorlanuvchi tizimlar taqiqlanadi

Platforma 2027-yil iyuligacha ishga tushirilishi, 2028-yil oxirigacha kamida 5 mingta ma‘muriy funksiyani raqamlashtirishi rejalashtirilgan. Prezidentning Raqamli hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjat Lex.uz...

Ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQSning yarmi qaytariladi

Buning uchun tadbir yakunlanganidan so‘ng 3 oy ichida Turizm qo‘mitasiga murojaat qilish talab etiladi. O‘zbekistonda MICE (ishbilarmonlik) turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga amalda to‘langan QQSning 50%i...

O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yagona raqamli platformasi joriy etiladi

Yangi tizim dastlab Toshkentda sinov tariqasida ishga tushiriladi, 2027-yildan esa barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish,...

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi talablari tasdiqlandi

Yangi yo‘riqnoma tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularning markirovkasiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi. Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar...

O‘zbekiston qish uchun 120 ming tonna avtobenzin zaxirasini yaratadi

Shuningdek, mavsum davomida issiqlik elektr stansiyalariga 4,16 mln tonna ko‘mir yetkazib berilishi prognoz qilinmoqda. 6-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘ida navbatdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining...