Foydali manbalarBiznes haqidaMotorola tarixi: uyali telefonini chiqargan kompaniya bankrot boʻldi?

Motorola tarixi: uyali telefonini chiqargan kompaniya bankrot boʻldi?

Agar siz 2000-yillarda mobil telefon egasi bo‘lgan bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan Motorola, Nokia va Siemens apparatlaridan birini ishlatgansiz. Balki u afsonaviy RAZR V3 bo‘lgandir. G‘ayrioddiy dizayni va yoritiladigan tugmalari bo‘lgan o‘ta yupqa metall korpus telefon ko‘pchilikning orzusi edi.

Motorola kompaniyasi ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqardi, lekin ko‘pchilik uni mobil telefonlar ishlab chiqaruvchisi sifatida eslaydi. Siz hozir ham Motorola nomli smartfonlarni do‘kon peshtaxtalaridan topishingiz mumkin – baʼzi flagman modellar funksionalligi va narxi bo‘yicha iPhone bilan solishtirish mumkin. Ammo bu Lenovo kompaniyasi o‘z telefonlari muvaffaqiyatli sotishi uchun bu nomni sotib olib, marketing hiyla ishlatayotganini hamma ham bilmaydi.

“Haqiqiy” Motorola 2000-yillarning oxirida mobil telefonlar orasidagi jangda Nokia va Apple ga yutqazdi. Afsus, Motorola mobil telefonni yaratgan birinchi kompaniya ekanligi bu jangda hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmadi. Bundan tashqari u birinchi peyjer, AQSH harbiylari uchun ratsiya, avtomobil radiosi kabi mahsulotlarni yaratib, ishlab chiqargan bo‘lsada, 40 yildan keyin kompaniyani bankrot qilganlar aynan telefonlar edi.

Kompaniya tarixi 1928-yilda boshlangan, o‘shanda ular uyali aloqani kashf etishlarini orzu qilishmagan. Aynan o‘sha paytda tadbirkor Pol va uning ukasi Jozef Galvinlar Galvin Manufacturing Corporation kompaniyasiga asos solgan edi.

Buning uchun esa atigi 750 dollar kerak edi. Bundan tashqari, ushbu mablag‘ning katta qismi ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni sotib olishga sarflangan. Dastlab kompaniya faqat tarmoq rektifikatorlarini ishlab chiqardi. Ular faqat besh kishi tomonidan qo‘lda yig‘ilgan.

1930-yilda mahsulot assortimenti sezilarli darajada kengaydi. Yangi mahsulotlar ro‘yxatiga Motorola avtomobil radiosi kiritilgan. Ushbu brendni yaratish uchun ular “motor” so‘zini o‘sha paytda kompaniyalar nomida juda mashhur bo‘lgan -ola qo‘shimchasi bilan birlashtirgan.

Shunday qilib, Motorola kompaniyasi dunyodagi birinchi tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli avtomobil radiosi ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Kompaniya o‘zining uzoq tarixida ko‘p texnik yangiliklar qildi, politsiya mashinalari uchun mo‘ljallangan maxsus avtomobil radiolarini tatbiq etdi. Radio qabul qiluvchilar orqasidan transmitterlar va radiotelefonlar paydo bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi davrida qurilmalar sinfi uchun asos bo‘lgan qisqa masofali cho‘ntak radiosi ham ishlab chiqarildi.

1947-yildan beri kompaniya rasman Motorola Inc deb o‘zgartirildi. Aynan o‘sha paytda u birinchi peyjerni, shuningdek, televizor uchun birinchi to‘rtburchak kineskopni va Motorola DynaTAC (DYNamic Adaptive Total Area Coverage) uyali telefonining dunyodagi birinchi ishlaydigan modelini ishlab chiqdi. Ushbu qurilmalar haqiqiy texnologik inqilobni amalga oshirdi.

Motorolaning foydalanuvchilar orasida eng katta mashhurligi, albatta, mobil telefonlar bilan bog‘liq. Motorola har doim mobil telefon bozorida, Samsung Mobile va LG Electronics bilan munosib raqobatlashgan.

 

Kanalga ulaning: t.me/ykfoundation

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...

O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Maxsus soliq rejimi 2026-yildan chet el fuqarolarining mamlakatdan tashqari manbalardan olingan daromadlari uchun joriy etiladi. Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. Bu haqdagi tegishli farmon...