Matbuot xizmatiYangiliklar2024-yilda subsidiyalar uchun qariyb 30 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda

2024-yilda subsidiyalar uchun qariyb 30 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda

Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024−2026 yillarga mo‘ljallangan budjetnomani e’lon qilgandi. Hujjat davlat moliyasi bilan bog‘liq rejalar va prognozlarni qamrab olgan.

Vazirlik mutaxassislari kelgusi yil uchun budjet prognozini taqdim etdi. Uning konsolidatsiyalashgan xarajatlari 312,8 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24%ni, budjet defitsiti esa YaIMga nisbatan 4%ni tashkil etadi.

Subsidiyalarga qariyb 29,8 trln so‘m sarflanishi rejalashtirilgan. Bu umumiy xarajatlarning 9,5%ini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, ijtimoiy nafaqalar hajmi — 18,6 trln so‘m (5,9%).

Mablag‘larning asosiy qismi (28,38 trln so‘m) davlat dasturlari doirasidagi subsidiyalarga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, ularning hajmi joriy yilga nisbatan qisqarib, vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 31 trln so‘mdan biroz ko‘proqni tashkil qiladi.

Subsidiyalash bo‘yicha yirik band tabiiy gazni sotib olish va sotish narxlari o‘rtasidagi tafovutni qoplash bo‘lib, buning uchun 9,5 trln so‘m ajratiladi. Shu bilan birga, u joriy yil prognoziga nisbatan deyarli ikki barobar kamayishi kerak.

Shuningdek, 4,49 trln so‘m issiqlik ta’minoti korxonalariga kompensatsiyalar uchun yo‘naltiriladi, bu joriy yilga nisbatan qariyb 2,5 barobar ko‘p, ta’lim tizimiga ajratilgan umumiy budjet xarajatlaridan esa (4,77 trln so‘m) biroz kam. Nodavlat bolalar bog‘chalariga budjetdan 3,03 trln so‘m (+9,7%) ajratiladi.

Navbatdagi yirik subsidiya moddasi elektr energiyasi narxidagi tafovutni qoplashni nazarda tutib, 2,5 trln so‘mni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich sog‘liqni saqlash xarajatlaridan yuqori — 2,16 trln so‘m.

Uy-joy xaridi uchun joriy yilga nisbatan 28,4%ga ko‘p subsidiya ajratiladi — 1,5 trln so‘m. Xuddi shu miqdor jamoat transportida ko‘rilgan zararlarni qoplashga yo‘naltiriladi.

2025-yil uchun budjet xarajatlarining prognoz hajmi 362,5 trln so‘mni tashkil etadi. Shundan 6 trln so‘mi (1,65%) gaz va 2,5 trln so‘mi (0,7%) elektr energiyasi uchun subsidiyalarga yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Mahalla yettiligi joylashadigan binolar 7 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Avvalroq prezident raisligida mahalla tizimini yana-da takomillashtirish va joylarda...

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...

O‘zbekistonda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun eskirgan va uni qayta ko‘rib chiqish kerak — prezident

Qayd etilishicha, favqulodda hodisalarning 70% dan ortig‘i aholi uylarida asboblarning nosozligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lmoqda. Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning oldini...

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya yillik eng past ko‘rsatkichga — 12% ga yetdi

Shu bilan birga, biznesning narxlar o‘sishi bo‘yicha median prognozi avgust oyidagi pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi. O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari sentyabr oyida yillik minimumni qayd etdi. Bu haqda...