Qozog‘iston Respublikasida “Vatandoshlar xalqaro biznes marafoni” yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir xorijda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar, investorlar, biznes ekspertlari, yoshlar hamda faol vatandoshlarni bir maydonga jamladi.
Marafon davomida ishtirokchilar o‘rtasida B2B uchrashuvlar, biznes muloqotlar va tajriba almashish sessiyalari tashkil etildi.
Qozog‘istonda istiqomat qilayotgan va faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning yutuqlari, biznes tajribasi hamda muvaffaqiyat hikoyalari marafon ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida yangi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan muloqotlar o‘tkazildi.










