O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 27-yanvar kuni “Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan 5-sonli yig‘ilish bayoni (№02-PA 1-2272, 02.02.2021 yil) 11-bandida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi zimmasiga talab yuqori bo‘lgan 15 ta kasb-hunar bo‘yicha onlayn platformani ishga tushirish hamda joriy yilda kamida 20 ming nafar yoshlarni ushbu platformada o‘qitish vazifasi belgilangan.
Jamg‘arma tomonidan Davlat xaridlari maxsus axborot portali (https://d-xarid.uz) orqali onlayn platformani ishga tushirish uchun tanlov e’lon qiladi.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11-uy.
Tel.: +998 99 001-71-73, +998 93 379-87-19. Mas’ul kotib: Gʻ.Jo‘rayev