Matbuot xizmatiYangiliklarYil boshidan buyon O‘zbekistonda 4 mlrd kVt/soat yashil energiya ishlab chiqarildi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 4 mlrd kVt/soat yashil energiya ishlab chiqarildi

Bu hajmning asosiy qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan energiya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘rsatkich 20-oktabr kuni soat 12:00 holatiga qayd etilgan bo‘lib, elektr energiyasining 3,49 mlrd kVt/soati quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 506,4 mln kVt/soati esa shamol elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarilgan “yashil” elektr energiyasining umumiy hajmi 2 mln xonadonning 10 oylik iste’moliga yoki 1,66 mln xonadonning yillik ehtiyojlariga teng.

Shuningdek, 1,2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 1,68 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.

“Yashil” elektr stansiyalar tomonidan 31-may kuni 1 mlrd kVt/soat, birinchi yarim yillikda 1,6 mlrd kVt/soat, 17-iyul holatiga 2 mlrd kVt/soat miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. 30-avgustga kelib bu ko‘rsatkich 3 mlrd kVt/soatni qayd etgan.

O‘zbekistonda hozirda to‘qqizta fotoelektr stansiyasi va umumiy quvvati 2,7 GVt bo‘lgan bitta shamol stansiyasi mavjud. Ulardan oltitasi 2023-yil dekabr oyi oxirida ish boshlagan. Investorlar yana bir nechta yashil energiya obyektlarini qurishni rejalashtirmoqda.

Prezident bilan fevral oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2027-yilgacha umumiy quvvati 8 GVt bo‘lgan 28ta muqobil energetika obyektini qurish rejalashtirilgani ma’lum qilingandi. Shundan so‘ng Jizzax, Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlarida yana bir qancha loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...