Matbuot xizmatiYangiliklarXorijiy va xususiy OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish tartibi tasdiqlandi. Asosiylar

Xorijiy va xususiy OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish tartibi tasdiqlandi. Asosiylar

Endi xorijiy til va fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar ham davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirishda hisobga olinadi.

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi. Arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Talabalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), agentlikning elektron platformasi (my.uzbmb.uz) yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshirishlari mumkin. Buning uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Arizalar davlat OTMlari tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilish yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Quyidagilar arizani rad etishga asos bo‘ladi:

  • so‘rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagani;
  • so‘rovnomada noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlangani;
  • belgilangan miqdordagi to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagani.

Hujjatlari qabul qilingan talabgorlar mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sinovlardan (test yoki kasbiy-ijodiy imtihon) o‘tadi.

Bilimni baholash agentligi imithon yakunlangandan keyin bir hafta ichida QR-kod bilan himoyalangan test natijalarini elektron shaklda taqdim etadi.

Shuningdek, hujjat bilan chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlar uchun tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibini joriy etish rejalashtirilgan.

Sertifikatga ega bo‘lganlarga quyidagicha ball beriladi:

  • B1 darajadagi sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75%i;
  • B2 va undan yuqori darajadagi sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha maksimal ball.

Mazkur baholash mexanizmi abituriyentlar uchun amal qilayotgan sertifikatlarni baholash tartibi asosida qo‘llaniladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yagona raqamli platformasi joriy etiladi

Yangi tizim dastlab Toshkentda sinov tariqasida ishga tushiriladi, 2027-yildan esa barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish,...

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi talablari tasdiqlandi

Yangi yo‘riqnoma tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularning markirovkasiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi. Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar...

O‘zbekiston qish uchun 120 ming tonna avtobenzin zaxirasini yaratadi

Shuningdek, mavsum davomida issiqlik elektr stansiyalariga 4,16 mln tonna ko‘mir yetkazib berilishi prognoz qilinmoqda. 6-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘ida navbatdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining...

Baliqchilik xo‘jaliklariga yangi subsidiyalar beriladi, suv obyektlari esa auksionga chiqariladi

Baliqchilikni rivojlantirish markazi tashkil etilib, tadbirkorlarga quyosh panellari, uskunalar va naslli baliq importi uchun subsidiya hamda kompensatsiyalar ajratiladi. Prezidentning baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi...

15 yillik stajga ega tibbiyot xodimlariga ipoteka krediti uchun subsidiya beriladi

Har chorak 125 nafar xodim onlayn tanlov asosida tanlab olinib, ularga boshlang‘ich to‘lov uchun mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, xodimlar farzandlarining kontrakt to‘lovi ham qoplab beriladi. 12-iyun...

O‘zbekistonda 10 ming yoshga noutbuk xarid qilish xarajatining yarmi qaytarib beriladi

Shuningdek, IT yo‘nalishidagi talabalar uchun yangi stipendiyalar, dual ta‘lim va kompyuter xaridini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Raqamli hukumat markazida birinchi...