Matbuot xizmatiYangiliklarXorijga chiqish pasporti pochta orqali yetkazib beriladi

Xorijga chiqish pasporti pochta orqali yetkazib beriladi

Hujjat Toshkent shahri va viloyat markazlariga 1 kunda, boshqa joylarga esa 2 kunda yetkaziladi.

Prezident qarori bilan O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Qaror Lex.uz saytida e’lon qilindi.

Endi tayyor hujjatni uyga yetkazib berish bilan pochta orqali olish mumkin bo‘ladi. Buning uchun ariza beruvchi chet el pasportini berish uchun to‘ldiriladigan anketada tegishli bandni belgilashi kerak. Xizmat narxi pochta xizmati tomonidan belgilanadi va ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi. Pasport so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga yetkaziladi: Toshkent shahri va viloyat markazlariga 1 kunda, boshqa shahar va tumanlarga esa 2 kunda.

Agar ariza beruvchi yetkazib berish vaqtida ko‘rsatilgan manzilda bo‘lmasa, pasportni 10 ish kuni ichida pochta bo‘limidan olish mumkin bo‘ladi. Fuqaro o‘z shaxsini barmoq izi yoki Face ID orqali tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

2023-yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasi ID-karta va xorijga chiqish pasportlarini pochta orqali yetkazib berish to‘g‘risida qaror chiqardi. Hujjat bilan, 1-oktabrgacha ID-karta va xorijga chiqish pasportlarini pochta orqali yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilangandi.

1-dekabrdan esa migratsiya, avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat raqami berish bo‘yicha davlat xizmatlari fuqarolar xohishi bilan yashash joyiga chiqish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.

2023-yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasi ID-karta va chet el pasportlarini pochta orqali yetkazib berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Xizmatni o‘sha yilning 1-oktyabrigacha tashkil etish, dekabr oyidan boshlab esa migratsiya va avtotransportni ro‘yxatdan o‘tkazish sohalarida uyga chiqib xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan edi.

Ariza beruvchi sayyor xizmatdan foydalanish kunini tanlash huquqiga ega. Odatdagi yig‘im va to‘lovlardan tashqari, transport xarajatlarini ham to‘lash talab etiladi — 10 km masofagacha BHMning 21,9%i (82 125 so‘m)dan 100 km masofagacha 83,2%i (312 ming so‘m)gacha.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...