Foydali manbalarTadbirkorlarWalt Disney kim bo‘lgan va qanday qilib o‘z nomini brend darajasiga olib...

Walt Disney kim bo‘lgan va qanday qilib o‘z nomini brend darajasiga olib chiqqan?

“Spot” ko‘pchilikka tanish “Chip va Deyl”, “Zolushka”, “Sohibjamol va mahluq”, “Muz yurak” hamda “Qirol sher” singari multfilmlar yaratuvchisi Walt Disney hayoti, qanday qilib bu sohaga kirib kelgani hamda boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklari haqida so‘z yuritdi.

U kim?

Walt Disney — asl ismi Walter Elias bo‘lgan ushbu ijodkor, 1901-yil 5-dekabrda AQShning Chikago shahrida tug‘ilgan. Otasi kanadalik, onasi esa germaniyalik bo‘lgan Walter, tengqurlari orasida o‘zining noyob qobiliyati, teran va o‘zgacha fikrlashi bilan ajralib turgan.

Bolaligi Marseline shahridagi fermada o‘tgan. Asosan, poyezdlar rasmini chizishga qiziqqan. Ulg‘aygach esa AQSh kinemotografiyasi olamida mashhur animator, mahoratli rassom va prodyuser sifatida nom qozongan.

biznesmenlar tarixi, walt disney

1919-yilda kino sohasiga kirib kelgan Walt Disneyning dastlabki mult-qahramonlari  Donald Dak hamda Mikki Maus edi.

Bu va boshqa mashhur ijod namunalari uchun Disney 26 marta Oskor mukofoktini qo‘lga kiritgan.

Disney studiyasi

Walt Disney va ukasi Roy Disney tomonidan 1923-yilda “Disney Brothers studio»siga asos solinadi. 75 yildan ortiq tarixga ega ushbu kinokopaniya tomonidan tayyorlagan multfilmlar orasida “Qirol sher”, “Nemo”, “Pinokio”, “Chip va Del”, “Zolushka”, “Sohibjamol va mahluq”, “Muz yurak”, “Vinni pux”, “Sindrella” singari ko‘plab kartinalarni keltirish mumkin.

Bugungi kunda “Disney” kompaniyasining sof daromadi $2,2 mlrdni tashkil etadi. Kompaniyada jami 190 mingdan ortiq xodimlar faoliyat olib bormoqda.

Disneyning “Pixar”, “Marvel”, “Star Wars”, “ESPN”, “Twentieth Century Studios” va “National Geographic” singari kuchli brendlari va franshizalari yaratilgan.

Disneyland qanday yaratilgan?

Disney ikki qiziga quvonch baxsh etish uchun ularni tez-tez hayvonot bog‘lariga, ko‘ngilochar maskanlarga olib borgan. Lekin farzandlari u yerda zerikib qolayotganini sezgan ota, bolalar uchun ertaknamo, yangi maskan qurish haqida o‘ylab qoladi.

Shu tariqa bugun barchaga yaxshi tanish bo‘lgan afsonaviy “Disneyland” bog‘iga asos solinadi. 1955-yilning 17-iyulida esa AQShda birinchi Disney bog‘i ochiladi.

biznesmenlar tarixi, walt disney

Bugun bunday bog‘lar soni 12taga yetgan bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan.

1966-yil 15-dekabrda Walt Disney Los-Anjelesda 66 yoshida o‘pka saratonidan vafot etdi. Shundan so‘ng, Disney kompaniyasi o‘z filmlarida tamaki mahsulotlarini ko‘rsatmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Uning xotirasiga “Disneyland” bog‘ida o‘zi yoqtirgan mult- qahramonlaridan biri Mickey Mouse bilan qo‘l tutib turgan haykali o‘rnatilgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...