Matbuot xizmatiYangiliklarToshkent investitsiya forumida umumiy qiymati $26,6 mlrdlik kelishuvlarga erishildi

Toshkent investitsiya forumida umumiy qiymati $26,6 mlrdlik kelishuvlarga erishildi

2022-yili birinchi tashkil etilgan forumda jami $7,8 mlrdlik, 2023-yilda esa $11 mlrdlik hujjatlar imzolangan.

Toshkentda o‘tkazilgan uchinchi Xalqaro investitsiya forumi yakunida jami qiymati $26,6 mlrdlik kelishuvlar imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Forumda 93ta mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatn ishtirok etib, unda global muloqot va investitsiyaviy sohadalar muhokamasi tashkil etildi. 2022-yili ilk marotaba tashkil etilgan mazkur forumda jami $7,8 mlrdlik, 2023-yilgi forumda esa $11 mlrdlik 167ta hujjat imzolangandi. Joriy yilda bu $26,6 mlrdni tashkil etdi.

Xususan quyidagi investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:

  • Saudiya Arabistonining “Data Volt” kompaniyasi bilan “Yangi Toshkent»da shahar infratuzilmasi va yashil texnologiyalarga asoslangan “ma’lumotlar markazlarini” qurish — $4 mlrd;
  • Saudiya Arabistoni “Acwa Power” kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonda quvvati 5 GVt shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2 GVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurish — $6,2 mlrd;
  • BAAning “Amea Power” kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonda quvvati 1 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish — $1,1 mlrd;
  • Saudiya Arabistonining “Saudi Tabrid” kompaniyasi bilan Nukus, Farg‘ona va Quvasoyda issiqlik tizimini modernizatsiya qilish — $750 mln;
  • Misrning “Nil Shugar” kompaniyasi bilan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish — $500 mln;
  • Xitoyning “Shanghai Knud International” kompaniyasi bilan Namangan viloyatida tekstil va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish — $205 mln;
  • Singapurning “Wilmar International” kompaniyasi bilan Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari va chorva uchun ozuqa ishlab chiqarish — $200 mln.

Bundan tashqari, “Orascom Investment” (Misr), “Bonafarm Group” (Vengriya), “Sayar” (AQSH), “Goldwind”, “Sinoma” (Xitoy), “Sam Yapi” (Turkiya), “Pasha Development” (Ozarbayjon) “Laselsberger” (Avstriya), “Petrosat Chexelsoton” (Eron) kabi kompaniyalar bilan qiymati $6,6 mlrdlik yangi investisiya loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Shuningdek, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va “Al Bawani Capital” kompaniyasi o‘rtasida Sirdaryo-Baxt halqa avtomobil yo‘lini qurish va Toshkent-Samarqand yo‘lini rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilgan panel sessiyasida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev iyun oyi oxirigacha Toshkent-Andijon pullik yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy ishlari yakunlanishini ma’lum qildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,6% gacha kamaydi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan Global ijtimoiy adolat fondini ta‘sis etishni taklif qildi. Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Dohada o‘tkazilgan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida...

Shavkat Mirziyoyev Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3-4 noyabr kunlari Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok...

Sunʼiy intellekt asosidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun $100 mln ajratiladi

Mablag‘lar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan beriladi. Ularning yarmi davlat organlarida SI texnologiyalarini joriy etishga, qolgan yarmi esa venchur jamg‘armalar orqali innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Prezident sunʼiy...

O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlar uchun yashil elektr tariflari 2026-yildan joriy etilishi mumkin

Energosavdo korxonasi chiqindi, biogaz, shamol va quyoshdan olingan ortiqcha elektrni belgilangan tarif asosida xarid qiladi. O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab “yashil” elektr energiyasi uchun yangi tariflar joriy etilishi...

Oʻzbekistonda talabalar bilan ijara shartnomasi tuzganlarga 9 oyda 44 mlrd soʻmlik imtiyoz berildi

Soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda 584 mingdan ortiq ijara shartnomasi hisobga qoʻyilganini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ular boʻyicha 828,7 milliard soʻm soliq hisoblangan. Bunda jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan...

Sun‘iy intellektni rivojlantirishga mas‘ul hokim maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Prezident sunʼiy intellekt texnologiyalarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha farmonni imzoladi. Hujjat bilan, Sun‘iy intellekt alyansi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi. U davlat organlari, xususiy sektor va ilmiy jamoatchilik sa‘y-harakatlarini birlashtirish,...