Matbuot xizmatiYangiliklarTop 300 oliygohlarga kirganlarga 20 ming dollargacha ta’lim krediti beriladi

Top 300 oliygohlarga kirganlarga 20 ming dollargacha ta’lim krediti beriladi

Hukumatning 2026-yil 2-martdagi qarori bilan “Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga ta’lim kreditini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda huquqiy axborot kanallarida ma’lum qilindi.

Mazkur nizomga ko‘ra, imtiyozli ta’lim kreditlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi. Hujjatda kredit ajratish hamda uni qaytarish tartiblari belgilangan.

Qarorga muvofiq, ta’lim krediti QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) reytinglari bo‘yicha top 300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan yoshlar va pedagog xodimlarga beriladi. Bunda kredit oluvchilar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi hamda yoshlar 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.

Ta’lim krediti bakalavriat va magistratura dasturlarida o‘qish uchun ajratiladi. Uning miqdori bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda milliy valyutada belgilanadi.

Hujjatga ko‘ra, kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab yetti yil davomida qaytariladi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.

Ta’lim kreditini olish uchun ariza beruvchi bankka ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi, birinchi kurs uchun taklifnoma-xat, ikkinchi kursdan boshlab akademik o‘zlashtirish natijalari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoysni taqdim etishi kerak.

Shuningdek, birgalikda qarz oluvchilarning oxirgi 12 oylik daromadlari haqida ma’lumot va 30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun mehnat daftarchasidan ko‘chirma ham talab etiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkent shahri hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi. Maʼlumki, Yangi Toshkent shahrini barpo etish doirasida birinchi bosqichda...

Prezident Yangi Toshkentda musiqali favvora loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan favvora majmuasi loyihasi bilan tanishdi. Mamlakatimizda aholi uchun zamonaviy jamoat makonlari, koʻngilochar va madaniy hordiq maskanlarini tashkil...

Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishi jadal davom etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadionining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi. Ushbu zamonaviy sport majmuasiga oʻtgan...

2025-yilning to‘rtinchi choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni 15% dan ortiqqa oshdi

2025-yilda kuzatilgan yuqori iqtisodiy faollik va ijobiy biznes kayfiyati fonida mehnat bozorida sezilarli kengayish davom etdi. Bu haqda Markaziy bankning mehnat bozori bo‘yicha sharhida keltirilgan. O‘tgan yilning to‘rtinchi...

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun $200 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sohada kompleks islohotlarni amalga oshirish uchun $200 mln ajratishni ma’qulladi. Yangi loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi...

1-maydan tadbirkorlarga quyosh panellari uchun 16% li kredit ajratiladi

Prezident raisligida 18-mart kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Unda aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga...