Matbuot xizmatiYangiliklarTalabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishning yangi tartibi joriy etilishi mumkin

Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishning yangi tartibi joriy etilishi mumkin

1-sentabrdan talabalarga ijara to‘lovining bir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplab berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi mumkin. Bu bo‘yicha hukumat qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Xususan, talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, Toshkentda BHMning bir baravari, qolgan hududlarda esa BHMning yarim baravari miqdorida to‘lanishi belgilanmoqda.

Ijara shartnomasida ikki va undan ortiq talabalarni rasmiylashtirishda xonadonning maydoni har bir talaba uchun 12 metr kvadratdan kam bo‘lmasligi kerak.

TTJga joylashmagan, hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalariga sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, belgilangan tartibda ijara shartnomasi taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi. OTM tomonidan ijara huquqi asosida yashayotgan, biroq ijara to‘lovlari ushbu qarorda belgilangan tartibda Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan talabalarning 60%idan ortgan qismi uchun oylik ijara to‘lovi bir qismini ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan mezonlar va tartib asosida moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi mumkin.

Hujjat bilan quyidagilar belgilanmoqda:

  • yotoqxonalar hisobini yuritish reyestrini ishlab chiqish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish;
  • Yagona portal orqali elektron ariza berish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish.
  • Talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali elektron shaklda hisobga qo‘yishga ruxsat beriladi.

2023−2024 o‘quv yilidan OTM talabalarini yotoqxonaga joylashtirish onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bu bo‘yicha DXM va Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan bepul elektron xizmatni joriy etishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanishi belgilangan.

Shu bilan birga, Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 2023−2024 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar uchun Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi.

2023−2024 o‘quv yilidan talabalar yotoqxonaga joylashish uchun faqat DXM yoki Yagona portal orqali murojaat qilishadi. Bunda ariza berish va to‘lovlarni amalga oshirishda davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun komissiya undirilmaydi.

Qonun loyihasi bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin. Fikr-mulohazalar 13-maygacha qabul qilinadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 2030-yilgacha mo‘ljallangan munosib mehnat dasturi ishlab chiqiladi

Prezident unda munosib bandlik, mehnat muhofazasi, ijtimoiy sug‘urta, gender tenglik, yoshlar va inklyuzivlik masalalariga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Avvalroq prezident kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuv...

Jahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln imtiyozli kredit ajratadi

Kam ta’minlangan oilalar uchun elektr va gaz uchun kompensatsiyani 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. Jahon banki O‘zbekistonga $800 mln imtiyozli kredit ajratadi. Bu haqda...

Prezident yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishiga start berdi

Loyihaning birinchi bosqichida $2,5 mlrd sarmoya hisobiga aerovokzal va aerodrom qurilib, yiliga 20 mln yo‘lovchi, 129 ming tonna yuk va soatiga 30 ta parvozga xizmat ko‘rsatish imkoniyati...

Mahalla yettiligi joylashadigan binolar 7 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Avvalroq prezident raisligida mahalla tizimini yana-da takomillashtirish va joylarda...

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....