Matbuot xizmatiYangiliklarSunʼiy intellekt asosidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun $100 mln ajratiladi

Sunʼiy intellekt asosidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun $100 mln ajratiladi

Mablag‘lar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan beriladi. Ularning yarmi davlat organlarida SI texnologiyalarini joriy etishga, qolgan yarmi esa venchur jamg‘armalar orqali innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Prezident sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qaror bilan, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellektga asoslangan startap loyihalarni moliyalashtirish kengaytiriladi.

Loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2026−2027-yillarda qo‘shimcha $100 mln miqdorida mablag‘ ajratiladi

Uning doirasida $50 mln beg‘araz asosda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun ishlatiladi.

Yana $50 mln teng ulushlarda Fondlar fondi va IT Park Ventures venchur jamg‘armalari ustav kapitaliga sunʼiy intellektga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi.

Bunda mablag‘lar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ulushi sifatida kiritiladi. Ushbu mablag‘lar Raqamli O‘zbekiston — 2030 strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan taqsimlanadi.

21-oktabr kuni prezident raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishda SI infratuzilmasiga $100 mlndan ko‘p sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanishi aytilgandi.

Shuningdek, 2026-yilda O‘zbekistonda super-kompyuter xaridi uchun $100 mln ajratilishi taʼkidlangan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

1-maydan tadbirkorlarga quyosh panellari uchun 16% li kredit ajratiladi

Prezident raisligida 18-mart kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Unda aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga...

Sanoat, taʼlim, Yevropaga migratsiya: Qashqadaryo viloyati qanday rivojlantiriladi?

Prezidentning Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjat (PQ-96-son) Lex.uz portalida eʼlon qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2026-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 8,2% ga, sanoat ishlab...

Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi ochildi

Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni jamoatchilik vakillari bilan birgalikda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Markaz Toshkentning Hazrati Imom majmuasi hududidagi...

52 km masofa 35 daqiqada va tirbandliklardan holi: Toshkent-Chorvoq pulli yo‘li 3 yilda quriladi

Toshkent-Chorvoq pulli avtomobil yo‘lining qurilishi yo‘lga ketadigan vaqtni ikki barobarga qisqartirish imkonini beradi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Avtoyo‘linvest agentligi direktori Asliddin...

O‘zbekistonda sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi

Sunʼiy intellektni yaratish, joriy qilish va foydalanish bo‘yicha etika qoidalari tasdiqlandi. Bu bo‘yicha tegishli hujjat (3787-son) Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu qoidalar sunʼiy intellektga asoslangan...

O‘zbekistonda sutkalik elektr energiyasi iste‘moli bo‘yicha rekord yangilandi

O‘zbekistonda mart oyida elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi. Xususan, 11-mart kuni mamlakat bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli 267...