Matbuot xizmatiYangiliklarStatistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi

Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi

Mikrofirma va kichik korxonalarga yillik statistika hisobotini har uch yilda bir marotaba topshirishga ruxsat beriladi.

24-fevral kuni statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi.

Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

  • makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
  • integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
  • “mahalladan — respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash.

2025-yil yakunigacha “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushiriladi.

Joriy yil yakuni bo‘yicha hisobot davridan boshlab xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va yillik tushumi BHMning 2 ming barobari (750 mln so‘m) gacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyati bekor qilinadi. Buning o‘rniga ular har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshiradi.

Farmonga ko‘ra, Statistika organlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda 2026-yildan quyidagi interaktiv xizmat turlari joriy etiladi:

  • hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi “Maslahatchi” sun’iy intellektga asoslangan interaktiv xizmati;
  • foydalanuvchilarga statistik ma’lumotlarni tez izlab topishga ko‘maklashuvchi “Tahlilchi” sun’iy intellektga asoslangan konsultativ xizmati;
  • statistik kuzatuvlarni telefon yordamida o‘tkazish imkonini beruvchi “Call-markaz” faoliyati.

2025/2026 o‘quv yilidan Milliy statistika qo‘mitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiy statistika kafedrasi filiali tashkil etiladi.

Joriy yilning 1-iyulidan YTTlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari hamda iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshiriladi.

Davlat statistika agentligi prezidentning 2022-yilning dekabr oyidagi farmoni bilan Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, 2023-yil 1-yanvardan prezidenti huzuriga o‘tkazilgandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda muntazam qoidalarni buzgan haydovchilar guvohnomasidan mahrum bo‘lishi mumkin

Shuningdek, ushbu chora tezlikni belgilangan cheklovdan 100 km/soat oshirib yuborishga ham qo‘llanilishi mumkin. O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini qasddan va xavfli tarzda buzgan haydovchilar uchun javobgarlik kuchaytirilishi...

O‘qituvchilarga ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi qoplab beriladi

Bu kelasi yildan joriy etilib, pedagoglar kamida 15 yil stajga ega hamda oliy toifali bo‘lishlari kerak. Ipoteka krediti uchun boshlang‘ich to‘lovning 25% i qoplanadi. Prezident pedagoglarni yana-da...

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta ijaraga berishga ruxsat beriladi

Yer egalari hamda foydalanuvchilari o‘z yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini 2027-yilgacha ijara huquqiga o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi Prezidentning 12-sentabrdagi farmoni bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning...

Yoshlar daftari va Yoshlar portali platformalari negizida yagona elektron platforma yaratiladi

Prezident farmoni bilan, turli boshqa vazifa va topshiriqlarni yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklash taqiqlanadi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mahalla yettiligi” va taʼlim muassasalari hamkorlik qiladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmonida...

O‘zbekistonda birinchi biznes farishta dasturi yo‘lga qo‘yildi

Dastur doirasida 15−16 sentabr kunlari onlayn “workshop” bo‘lib, unda biznes farishta bo‘lish jarayoni, investitsiya mezonlari haqida ma’lumot beriladi. IT Park Uzbekistan va StartupBase “Uzbekistan Angels Program” dasturini ishga...

2026-yildan O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam qilib qo‘yishga ruxsat beriladi

Uzavtomoto belgiga aholi talab va taklifidan kelib chiqib, avtomototransport vositalari uchun “noyob” davlat raqami belgilarini elektron savdolarda sotish huquqi berildi. Hukumatning 4-sentabrda qabul qilingan qarori...