Matbuot xizmatiYangiliklarSenat islomiy bank faoliyatini joriy qilishga oid qonunni maʼqulladi

Senat islomiy bank faoliyatini joriy qilishga oid qonunni maʼqulladi

Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni maʼqulladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat bilan 2 ta kodeks hamda 7 ta qonunga islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilovchi yangi normalar kiritilmoqda.

Xususan, islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya turi joriy qilinib, unga oid talablar belgilanmoqda.

Jumladan, mazkur litsenziya bilan banklar tomonidan to‘liq islomiy bank faoliyatini amalga oshirish yoki bir vaqtning o‘zida ham anʼanaviy, ham islomiy bank faoliyatini amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Shuningdek, islomiy moliya faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy bank va islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarda islomiy moliya kengashini tashkil etish hamda uning faoliyatiga doir talablar belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Soliq kodeksi ga islomiy moliya operatsiyalarini soliqqa tortish tartibini belgilovchi alohida bob kiritilmoqda.

Unga asosan islomiy moliya faoliyatidan olingan daromadlar soliq solish maqsadlarida foizli daromadlarga tenglashtiriladi. Banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan mijozga realizatsiya qilinadigan tovarlarga qo‘yiladigan ustama QQSdan ozod qilinmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu qonun bank-moliya sohasiga yangi strategik investorlarning kirib kelishiga xizmat qiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktga 30% chegirma berish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda davlat OTMlarida o‘qiyotgan o‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktga chegirma berish rejalashtirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu bo‘yicha hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Chegirma kelasi o‘quv yilidan...

O‘zbekiston turkiy davlatlar bilan ilmiy sun’iy yo‘ldoshni 2027-yilda uchiradi

O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar qo‘shma ilmiy sun’iy yo‘ldoshni 2027-yilda uchiradi. Bu haqda 13-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekkosmos agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibragimov ma’lum...

O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalari ikkilamchi bozorga ham berilishi mumkin

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori uchun ham ipoteka kreditlariga subsidiya ajratishni istisno qilmayapti. Bu haqda 12-may kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi,...

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 1% bo‘lishi mumkin

Deputatlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi. Hujjat...

Fermerlarga dizel xarajatlarining 2 mln so‘mgacha qismi qoplab beriladi

Prezidentning 8-may kuni qabul qilingan farmoni (PF-82-son) bilan paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi. Unga ko‘ra, 2026-yil hosilidan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrar...

5 yillik stajga ega xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali rasmiy kanalida ma’lum qilindi. Tavsiyanoma mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish...