Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 mln so‘mni tashkil etdi

Hududlar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha oylik 8,1 mln so‘m bilan Toshkentga, eng kami esa 3,5 mln so‘m bilan Surxondaryoga to‘g‘ri keladi.

2024-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 919,9 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.

Yanvar-mart oylarida qayd etilgan mazkur ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 19,8%ga o‘sgan. Hududlar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha oylik maosh Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 8,1 mln so‘m (22,3%).

Undan keyingi o‘rinlarda Navoiy (6,5 mln so‘m) hamda Toshkent (4,7 mln so‘m) viloyatlari turibdi.

Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi esa 3,5 mln so‘m bilan Surxondaryo viloyatida kuzatilgan.

Hududlar bo‘yicha korxona va tashkilot xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi:

Hududlar O‘rtacha oylik ish haqi 2023-yilning birinchi choragiga nisbatan o‘sish
1 Toshkent shahri 8 116 800 so‘m 22,3%
2 Navoiy viloyati 6 500 300 so‘m 18,8%
3 Toshkent viloyati 4 764 400 so‘m 15,2%
4 Andijon viloyati 4 390 900 so‘m 25,2%
5 Qoraqalpog‘iston Respublikasi 4 065 400 so‘m 17,2%
6 Xorazm viloyati 4 008 600 so‘m 17,1%
7 Buxoro viloyati 4 004 900 so‘m 14,7%
8 Sirdaryo viloyati 3 935 500 so‘m 15,3%
9 Farg‘ona viloyati 3 723 200 so‘m 21,5%
10 Jizzax viloyati 3 719 200 so‘m 18,2%
11 Samarqand viloyati 3 671 600 so‘m 18,1%
12 Namangan viloyati 3 642 500 so‘m 14,6%
13 Qashqadaryo viloyati 3 594 400 so‘m 16%
14 Surxondaryo viloyati 3 543 300 so‘m 12,1%

 

Yanvar-mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng balan ko‘rsatkichi moliya va sug‘urta sohasida qayd etilgan — 13,2 mln so‘m. Undan keyingi o‘rinlarda esa axborot va aloqa sohasi (11,7 mln so‘m) hamda tashish va saqlash sohasi (7,3 mln so‘m) turibdi.

Shuningdek, o‘rtacha oylik ish haqi sanoat sohasida 6,1 mln so‘mni, savdoda 5,6 mln so‘mni hamda hamda qurilishda 5,3 mln so‘mni tashkil etgan.

Eng past ko‘rsatkich esa ta’lim (3,4 mln so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,2 mln so‘m) sohalariga to‘g‘ri keladi.

Axborot va aloqa sohasi

Axborot va aloqa sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi martda qayd etilgan — 12,4 mln so‘m.

Mazkur sohaning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi quyidagicha shakllangan:
  • dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar — 17,6 mln so‘m;
  • axborot xizmatini ko‘rsatish — 13,8 mln so‘m;
  • aloqa sohasi — 10,5 mln so‘m;
  • noshirlik faoliyati — 10,03 mln so‘m.

Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkentga to‘g‘ri keladi va birinchi chorakda bu 13,2 mln so‘mni tashkil etgan.

Undan keyingi o‘rinlarda 8,7 mln so‘m bilan Qashqadaryo hamda 8,2 mln so‘m bilan Farg‘ona viloyatlari turibdi.

Moliya va sug‘urta sohasi

Mazkur iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish hamda sug‘urtalash bo‘yicha yordamchi faoliyatida qayd etilgan — 17,3 mln so‘m.

Eng past ko‘rsatkich esa sug‘urtalash va nafaqa ta’minotidan tashqari moliyaviy xizmatlarda (13,04 mln so‘m) kuzatilgan.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar

Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda kuzatildi — 7,8 mln so‘m. Eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’limga to‘g‘ri keladi — 1,84 mln so‘m.

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’limda o‘rtacha oylik ish haqi 3,4 mln so‘mni hamda texnik va professional ta’limda 3,6 mln so‘mni tashkil etgan.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda (5,5 mln so‘m), eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida (2,8 mln so‘m) qayd etilgan. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichi ham Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 4,05 mln so‘m. Shu jumladan, eng past ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida (2,6 mln so‘m) kuzatilgan.

2023-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 551,4 ming so‘mni tashkil etgandi. Markaziy bank tadqiqoti 2023-yilning sentabr oyi oxirida o‘rtacha ish haqi yil davomida 18%ga o‘sib, 4,4 mln so‘mni tashkil etganini ko‘rsatgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda top-20 yirik soliq to‘lovchilar ma’lum qilindi

2024 yil yanvar-aprel oylarida 2187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi. O‘zbekistonda top-20 yirik soliq to‘lovchilar to‘g‘risida ma’lumot...

8ta kommunal xizmatlar uchun yagona to‘lov platformasi ishlab chiqilmoqda

IT-ta'lim va dasturiy mahsulot yo‘nalishidagi loyihalar bo‘yicha 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan startaplar tanlovi IT Park tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev mamlakatda IT-sohasini rivojlantirish, yoshlar va loyihalarni...

O‘zbekistonda tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik qilganlarning reyestri yuritiladi

O‘zbekistonda tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning reyestri yuritiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Prezident qarori bilan, tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi...

Ixcham issiqxona o‘rnatishga beriladigan subsidiyalar miqdori o‘zgartirildi

Hukumatning Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqidagi qarori qabul qilindi. Hujjat bilan,...

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Moskvada Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 79 yilligiga bag‘ishlangan paradning faxriy mehmonlari qatorida bo‘ladi. Paradda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va...

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 mln so‘mdan mukofot puli beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofot beriladi. Prezident “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Mamlakatda...