Matbuot xizmatiYangiliklarPrezident Raqamli turkiy dunyo konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif etildi

Prezident Raqamli turkiy dunyo konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif etildi

Shu bilan birga, TDT doirasida tashishlarda elektron hujjat aylanishiga o‘tish va o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv imzolash tashabbusini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari o‘z nutqida yetakchi davlatlar o‘rtasidagi raqobat va ishonchsizlik muhiti keskin kuchayayotgani, ziddiyatlar sabab turli xavf-xatarlar ortayotgani savdo, investitsiya, transport, energetika kabi sohalardagi qo‘shma reja va loyihalarga to‘siq bo‘layotganini qayd etdi.

Turkiy dunyo xartiyasining qabul qilinishi qardosh davlatlar va xalqlar o‘rtasida kuchayayotgan hamkorlik misoli ekani ta’kidlandi. Sammit kun tartibidan kelib chiqib, prezident bir qator ustuvor masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, tashkilotning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish va mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Bunda Turkiy davlatlarning strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomasini qabul qilish taklif etildi.

Tashkilot doirasida yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini yaratish uchun quyidagi yo‘nalishlarda aniq bitim va kelishuvlarni ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi:

  • tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish;
  • savdo-bojxona tartib-qoidalarini yengillashtirish;
  • elektron tijorat platformalarini rivojlantirish.

Savdo sohasidagi salohiyatni kengaytirishga qaratilgan chuqur tadqiqotlar olib borish uchun yaqin istiqbolda Toshkentda yetakchi tahlil markazlarining anjumanini o‘tkazish taklif qilindi.

Kelgusi yil uchun iqtisodiy forum, savdo va sanoat ko‘rgazmalari, mintaqa va viloyatlarning o‘zaro tashrif rejalarini, davlat xaridlarida ishtirok etish, kooperatsiya va lokalizatsiya qo‘shma dasturini qabul qilish kerakligi aytildi. Shu bilan birga, oliyaviy instrumentlarni joriy etish, Turkiy investitsiya fondi faoliyatini faollashtirish va Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarga xalqaro moliya institutlari va xorijiy investitsiya kompaniyalarini jalb qilish maqsadida Turkiy investitsiya forumini tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi.

Transport yo‘laklaridan samarali foydalanish, O‘rta yo‘lak bo‘yicha tranzit tariflarini maqbullashtirish, chegaralarni kesib o‘tish jarayonlarini soddalashtirish, yangi logistika tizimlari va qo‘shma operatorlarni yaratish masalalari belgilandi. Prezident “Raqamli turkiy dunyo” konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi. U kelajak iqtisodiyotini joriy etish, IT-sohasida bilimlarni almashish, innovatsiyalar, infratuzilma va ilm-fanning raqamli tizimlarini, yirik ma’lumotlar markazlarini yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, tashkilot doirasida tashishlarda elektron hujjat aylanishiga o‘tish va ularni o‘zaro tan olish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimni imzolash tashabbusi ilgari surildi. Buning uchun Turkiy davlatlar logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi bilan Xalqaro logistika konferensiyasini o‘tkazish kerakligi qayd etildi.

Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi, Turkiy dunyo xartiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator kelishuvlar qabul qilindi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...