Matbuot xizmatiYangiliklarPrezident O‘zbekistonda superkompyuter klasterini tashkil etishni tezlashtirishni topshirdi

Prezident O‘zbekistonda superkompyuter klasterini tashkil etishni tezlashtirishni topshirdi

Yoshlarning istiqbolli loyihalarini aniqlash uchun barcha hududlarda Sunʼiy intellekt xakatoni yo‘lga qo‘yiladi. 2027-yilgacha 1 mln nafar yosh soha bo‘yicha o‘qitiladi.

Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni mamlakatda sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularni iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston sunʼiy intellektni tatbiq etish bo‘yicha xalqaro reytingda 17 pog‘ona yuqorilab, hozirda 188 davlat ichida 70-o‘rinni, Markaziy Osiyo bo‘yicha esa birinchi o‘rinni egallaydi. Prezident bu natijalar sohada qo‘yilgan dastlabki qadamlar natijasi ekanligi, qiladigan ishlar ko‘pligini taʼkidladi.

Taqdimotda sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda sunʼiy intellekt loyihalarini joriy etish uchun $50 mln mablag‘ ajratilgan. Sog‘liqni saqlash, taʼlim, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, ekologiya va moliya sohalarini o‘z ichiga oluvchi 86 ta loyiha shakllantirildi.

Hozirda sunʼiy intellektni qo‘llash uchun zarur hisoblash imkoniyatlarini yaratish maqsadida “superkompyuter klasteri»ni tashkil etish ishlari “jadal olib borilayotgani” ta’kidlandi.

“Sunʼiy intellektni tezroq rivojlantirish uchun doimiy ravishda ilg‘or, o‘zini oqlagan xorijiy va mahalliy tajribalarni o‘rganib borish zarur. Buning uchun sohada samarali faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz, xorijiy ekspertlar va xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerak”, — dedi davlat rahbari.

Taqdimotda sunʼiy intellekt sohasida zamonaviy hisoblash quvvatlarini mamlakatda yaratish, maʼlumotlar markazlarini qurish va bunga investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun jozibador muhitni taʼminlash muhimligi qayd etildi.

Sunʼiy intellektni rivojlantirishda eng muhim omil malakali kadrlarni tayyorlash ekanligi aytildi. Buni maktablardan boshlash, informatika o‘qituvchilarini qayta tayyorlash, yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Mamlakatda Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari dasturi doirasida yoshlar uchun aistudy.uz va omp.aistudy.uz platformalari ishga tushirildi, ularda SI bo‘yicha 5 ta bepul onlayn o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Dastur doirasida 2027-yilgacha 1 mln nafar yosh sunʼiy intellekt sohasidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Yoshlarning istiqbolli loyihalarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash uchun barcha hududlarda Sunʼiy intellekt xakatoni yo‘lga qo‘yiladi.

Muloqotda sog‘liqni saqlash bo‘yicha Nukusda o‘tkazilgan HealthTech AI Hackathon musobaqasini kengaytirib, taʼlim, sud tizimi, suv xo‘jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida ham o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Prezident taqdimot qilingan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlab, ularni sunʼiy intellektni joriy etishni yana-da tezlashtirish, ilg‘or tajribani amaliyotga tatbiq etish, sohada kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishida yana-da takomillashtirish va kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

2024-yilning oktabrida O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangandi. Unga ko‘ra, 2030-yilgacha sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini $1,5 mlrdga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Joriy yilning iyulida Bir million sun’iy intellekt yetakchilari dasturi ishga tushirildi. U orqali sun’iy intellekt sohasidagi beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni bepul o‘zlashtirish mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...