Matbuot xizmatiYangiliklarPrezident Farg‘onada 500 megavattli quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berdi

Prezident Farg‘onada 500 megavattli quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berdi

Shuningdek, hududda Xitoy bilan hamkorlikda $144 mln investitsiya hisobiga 150 megavattli ilk elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida yirik sanoat va energetika obyektlari faoliyatiga va qurilishiga start berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. Xususan, Farg‘onaning Beshariq tumanida Germaniyaning “Hyper Partners” kompaniyasi bilan 500 megavattli quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlanmoqda.

Qiymati $350 mlnlik mazkur loyihaning dastlabki 200 megavatti shu yilning o‘zida tarmoqqa ulanib, kelgusi yilda to‘liq ishga tushiriladi.

Unda yiliga 1 mlrd 600 mln kilovatt soat yoki 675 ming xonadonning bir yillik iste’moliga teng “yashil” energiya ishlab chiqariladi. Natijada 466 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi. Shuningdek, O‘zbekiston tumanida $144 mln xorijiy investitsiya hisobiga 150 megavattli ilk elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etiladi.

Xitoyning “Gezhouba Group” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ushbu majmua shu yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.

U elektr energiyasiga talab ortgan vaqtda avtomatik ishga tushib, energetika tizimi barqarorligini ta’minlaydi.

Suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga so‘nggi yetti yilda $630 mln investitsiya hisobiga 400 megavattdan ortiq yangi quvvatlar barpo etilib, gidroelektr stansiyalar quvvati 2,2 gigavattga yetkazilishi reja qilingan.

Kichik va mikro GESlar qurish doirasida Farg‘ona tumanining chekka hududlarida 2ta kichik GES barpo etildi.

Birinchisi, Shohimardon qishlog‘ida qurilgan 2,2 megavattli, ikkinchisi, Yuqori Vodil qishlog‘idagi 430 kilovattli stansiyalardir. Ular yaqin mahallalardagi aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi Quvasoy shahri bo‘ylab 210 gektarga kengaytiriladi. Unda qiymati $1 mlrdlik 185 ta loyiha joylashtirilib, 12 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, Qo‘qon shahrida 230 gektar maydonda “O‘zbekiston-Xitoy” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...