Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistondagi 315 ming tadbirkor penya to‘lashdan qutuldi

O‘zbekistondagi 315 ming tadbirkor penya to‘lashdan qutuldi

O‘zbekistondagi 315 mingdan ortiq tadbirkor penya to‘lashdan ozod etildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

Bu prezidentning PF-175-sonli farmonida belgilangan bo‘lib, hujjat bilan kichik va o‘rta biznes uchun “Ikkinchi imkoniyat” iqtisodiy amnistiyasi joriy etildi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrgacha yuzaga kelgan soliq qarzini yil oxirigacha to‘liq to‘lagan tadbirkorlarning penyasi bekor qilinadi. Shuningdek, ularga nisbatan yuritilayotgan ijro ishlari tugatiladi.

Mazkur toifadagi 315,2 ming tadbirkorning 9,5 trln so‘m soliq qarzi va 1,5 trln so‘m penyasi mavjud.

Bundan tashqari, soliq hisobotidagi xatoni mustaqil ravishda tuzatib, qo‘shimcha hisoblangan soliqni yil oxirigacha to‘lagan tadbirkorlarga ham penya hisoblanmaydi.

Shuningdek, 2019−2025-yillarda to‘plangan 1,6 trln so‘mlik ayrim jarima qarzlari hamda aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha 39,8 mlrd so‘mlik jarima qarzlari hisobdan chiqariladi.

Ikkinchi imkoniyatdan foydalanish uchun soliq qarzini 2026-yil 31-dekabrgacha to‘liq to‘lash kerak.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...