Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yangi dastur ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan yangi dastur ishlab chiqiladi

Tashkilot bosh direktori Jilber Ungbo mamlakat tajribasi xalqaro miqyosda o‘rganish va qo‘llash uchun muvaffaqiyatli model sifatida ko‘rilayotganini ta’kidladi

9-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qildi.

Tomonlar unda tashkilot bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqishdi. XMT bosh direktori O‘zbekistonning mehnatkashlar huquqlarini ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish va xalqaro konvensiyalarni implementatsiya qilish borasidagi yutuqlarini yuqori baholadi. XMT mamlakat tajribasini xalqaro miqyosda o‘rganish va qo‘llash uchun muvaffaqiyatli model sifatida ko‘rayotgani ta’kidlandi.

Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston tashkilotning Ma’muriy kengashiga saylangandi. Tashkilot ko‘magida mamlakatda mehnat sohasida 40dan ortiq normativ hujjat qabul qilindi, 22ta xalqaro konvensiya ratifikatsiyalandi.

Ijtimoiy adolat tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan, “Ijtimoiy adolat global koalitsiyasi” doirasida qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida 2026−2030 yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishildi.

Joriy yilning mart oyida Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qabul qilingan ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston 1949-yilda Jenevada imzolangan xalqaro konvensiyaning yuzinchi ishtirokchisi bo‘ldi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Xorijiy va xususiy OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish tartibi tasdiqlandi. Asosiylar

Endi xorijiy til va fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar ham davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirishda hisobga olinadi. Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar...

Yosh oilalar uchun ijara to‘lovlarini qoplash bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushdi

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oy ijara to‘lovining 50%i qoplab beriladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar uchun ijara...

Bolalarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident huzurida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi va takliflarni maʼqullandi. Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilish, shuningdek, yo‘l harakati...

O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda bodi-kameralardan foydalanilishi mumkin

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi nazorat tadbirlarida bodi-kameralardan foydalanishni joriy etishi, xodimlari esa maxsus kiyimda xizmat olib borishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda bodi-kameralardan...

Yoshlarni ish bilan ta’minlayotgan tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi

Barcha oliygohlarda Tadbirkorlik asoslari fani o‘qitiladi, karyera markazlari faoliyati baholanib, eng yaxshi 20 ta oliygohga 500 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi. 8-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev mamlakat oliy...

O‘zbekiston Rossiyaga ta’lim va ishga joylashtirish uchun onlayn platforma yaratishni taklif qildi

Shuningdek, prezident xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston orqali qo‘shni bozorlarga chiqish imkoniyatini taklif etdi. Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan...