Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 mlndan oshdi

O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 mlndan oshdi

Pensiya jamg‘armasi tomonidan yanvar-may oylarida 125 mingga yaqin fuqaroga yangi pensiyalar tayinlandi.

O‘zbekistonda pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mlndan oshdi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi. Xususan, joriy yilning 1-iyun holati ko‘ra, jamg‘arma hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 mln 8 ming 597 nafarni tashkil etadi.

Bundan bir oy oldin, may oyi boshida ularning soni 3 mln 998 ming 966 nafarni tashkil etgandi.

Hududlar kesimida pensiya oluvchi fuqarolarning eng ko‘p soni Farg‘ona (473 337 nafar), Samarqand (426 789 nafar) hamda Andijon (374 667 nafar) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

pensiya, pensiya jamg'armasi, to'lovlarJamg‘arma tomonidan dastlabki besh oyda 124 184 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan.

Shundan 102 610 nafariga yoshga doir, 14 388 nafariga nogironlik hamda 7 186 nafariga esa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari tayinlandi.

5-iyul kuni jamg‘arma tomonidan iyul oyida pensiya to‘lovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablag‘lar to‘liq moliyalashtirilgani ma’lum qilindi.

Avvalroq Strategik islohotlar agentligi O‘zbekistonda pensiya tizimini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar bergandi. Mamlakatda mazkur tizimni yaxshilash uchun pensiya tayinlash shartlarini va pensiya yoshini umr davomiyligiga moslab qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...