Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiyadan yuqori darajada oshirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiyadan yuqori darajada oshirish rejalashtirilmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Pensiya jamg‘armasi daromadlarini ta’minlash uchun ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar berishni kuchaytirmoqchi.

O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar inflyatsiya darajasidan yuqori ko‘tariladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2026−2028 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyada aytib o‘tilgan.

2028-yilgacha budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini yillik inflyatsiya darajasidan yuqori darajada oshirish rejalashtirilmoqda. Bu chora-tadbirlar “aholining turmush darajasini yuksaltirish, fuqarolarning real daromadlari o‘sishini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish” maqsadiga qaratilgan.

O‘tgan yili e’lon qilingan 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyada ijtimoiy to‘lovlarni inflyatsiyadan past bo‘lmagan darajada indeksatsiya qilish haqida so‘z borgan edi.

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Pensiya jamg‘armasi daromadlari barqarorligini ta’minlash uchun ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar berishni kuchaytirmoqchi.

Masalan, 2028-yilgacha xizmatlar sohasi uchun ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasi 1% miqdorida amal qiladi. Imtiyoz faqat 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga, agar ularning ish haqi 3 mln so‘mdan oshsa, tatbiq etiladi.2025-yilda buudjetdan Pensiya jamg‘armasiga transfertlar hajmi 20 trln so‘mdan oshishi kutilmoqda. 2028-yilga borib esa bu miqdor 26 trlnga yetadi. Shunday qilib, 2023-yilga nisbatan transferlar deyarli ikki baravar ko‘payadi.

inflyatsiya, ish haqi, nafaqa, pensiya

Infografikaga ko‘ra, 2022-yildan boshlab byudjet xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar inflyatsiyadan yuqori darajada indeksatsiya qilingan. 1-iyuldan boshlab ijtimoiy to‘lovlar miqdori o‘rtacha 10% ga oshdi, inflyatsiya esa 2025 yil yakuni bo‘yicha 8% darajasida prognoz qilinmoqda.

Budjet xodimlarining ish haqini har 1 foiz punktga oshirish byudjetga 1,67 trln so‘mga tushadi. Pensiyalarning xuddi shunday o‘sishi — 861 mlrd so‘m. Ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni 10% ga oshsa, byudjet xarajatlari qariyb 1,6 trln so‘mga ko‘payadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...