Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda $5 mln lik xalqaro startaplar tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda $5 mln lik xalqaro startaplar tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda umumiy mukofot jamg‘armasi $5 mln bo‘lgan xalqaro startaplar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Tanlov 2027-yil aprel oyidan boshlab har yili beshta yo‘nalishda o‘tkaziladi. G‘olib deb topilgan 25 ta jamoaning har biriga “chuqur o‘rganish” (due diligence) jarayonidan so‘ng $200 minggacha investitsiya ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-oktabrdagi 593-son qarori bilan “Startaplar makoni” (Land of Startups) xalqaro tanlovi joriy etildi. Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi $5 mln ni tashkil etadi.

Hujjat prezidentning 2026-yil 11-fevraldagi “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijiy startap loyihalari va ularning ta’sischilarini O‘zbekistonga keng jalb etish, texnologiyalar transferini faollashtirish hamda respublikani mintaqaning startaplar xabiga aylantirishdan iborat.

Tanlov 2027-yil aprel oyidan boshlab har yili quyidagi beshta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • sun’iy intellekt texnologiyalari;
  • ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar — ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat xizmatlari;
  • moliyaviy texnologiyalar;
  • kreativ industriya hamda kompyuter va mobil o‘yin dasturlari;
  • B2B va industriya yo‘nalishidagi yechimlar.

Qaror bilan IT Park faoliyatini tartibga soluvchi nizomga ham o‘zgartirishlar kiritildi. IT Park rezidentlarining avtomatlashtirish yo‘nalishida ishlab chiqilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari tizimlariga majburiy integratsiya qilish talabi bekor qilinadi.

Shuningdek, rezidentlar IT Park direksiyasiga soliq va statistik hisobotlar hamda IT kurslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.

Shu bilan birga, IT Park rezidentlari faoliyat turlari ro‘yxatiga yangi yo‘nalishlar kiritiladi. Ular qatoriga IoT va sun’iy intellekt qurilmalari, mikro- va nanoelektronika, intellektual robotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, shuningdek, biznes-farishtalar klublari faoliyati kiradi.

Mazkur o‘zgarishlar startaplar ekotizimini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonga xorijiy texnologik kompaniyalarni jalb etishga qaratilgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...