Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda 21 yoshdan so‘ng nikoh tuzgan yosh oilalarga imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda 21 yoshdan so‘ng nikoh tuzgan yosh oilalarga imtiyozlar beriladi

2027-yildan boshlab har ikki tomon kamida 21 yoshga to‘lib birinchi marta nikohdan o‘tgan yosh oilalarga davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi. Bu haqda prezident farmonida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, bunday oilalar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan taqdirda, ularga ajratiladigan subsidiya, ssuda va grantlar amaldagi miqdorlarga nisbatan 1,5 baravar oshiriladi. Mazkur moliyaviy ko‘maklar oila a’zolarining daromadini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki murakkab ijtimoiy vaziyatdan chiqishiga ko‘maklashishga qaratiladi.

Shuningdek, nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchilar uchun ham rag‘bat mexanizmi joriy etiladi. Ular nikohni qayd etishda to‘lanadigan davlat bojidan ozod qilinadi. Bu orqali oilaviy munosabatlarda huquqiy madaniyatni oshirish va mas’uliyatni kuchaytirish maqsad qilingan.

Farmonda erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha choralar ham nazarda tutilgan. Jumladan, nikoh yoshi va nikoh tuzish tartibini buzganlik uchun jarimalarning bir qismi bunday holat haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab undirilgan jarimaning 15 foizi xabar beruvchilarga beriladi.

Bundan tashqari, homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga oliy ta’limni davom ettirish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi. 2026—2027-o‘quv yilidan boshlab ular fanlar farqini topshirish sharti bilan o‘qishni tiklashi, shuningdek, akademik ta’til davrida masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Hujjat bilan yoshlarning ongli ravishda oila qurishini qo‘llab-quvvatlash, erta nikohlarning oldini olish hamda barqaror va mustahkam oila institutini shakllantirish ustuvor yo‘nalish etib belgilandi. Farmon ijrosi yuzasidan mas’ul idoralarga aniq muddat va vazifalar yuklatildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkent shahri hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi. Maʼlumki, Yangi Toshkent shahrini barpo etish doirasida birinchi bosqichda...

Prezident Yangi Toshkentda musiqali favvora loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan favvora majmuasi loyihasi bilan tanishdi. Mamlakatimizda aholi uchun zamonaviy jamoat makonlari, koʻngilochar va madaniy hordiq maskanlarini tashkil...

Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishi jadal davom etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadionining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi. Ushbu zamonaviy sport majmuasiga oʻtgan...

2025-yilning to‘rtinchi choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni 15% dan ortiqqa oshdi

2025-yilda kuzatilgan yuqori iqtisodiy faollik va ijobiy biznes kayfiyati fonida mehnat bozorida sezilarli kengayish davom etdi. Bu haqda Markaziy bankning mehnat bozori bo‘yicha sharhida keltirilgan. O‘tgan yilning to‘rtinchi...

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun $200 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sohada kompleks islohotlarni amalga oshirish uchun $200 mln ajratishni ma’qulladi. Yangi loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi...

1-maydan tadbirkorlarga quyosh panellari uchun 16% li kredit ajratiladi

Prezident raisligida 18-mart kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Unda aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga...