Foydali manbalarBiznes haqidaO‘zbekiston va Yaponiya “Japan Career” portalini ishga tushirdi

O‘zbekiston va Yaponiya “Japan Career” portalini ishga tushirdi

Portalda mamlakatdagi mehnat migratsiyasi, ta’lim va yashash imkoniyatlari haqida o‘zbek, rus va yapon tillarida ma’lumotlar berib boriladi.

O‘zbekiston va Yaponiya mehnat migratsiyasi bo‘yicha “Japan Career Portal»ini ishlab chiqdi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

21-yanvar kuni agentlik direktori Behzod Musayev va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akihiko Tanaka ishtirokida onlayn platformani ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Japancareer.uz” portalida mamlakatdagi mehnat migratsiyasi, ta’lim va yashash imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar o‘zbek, rus va yapon tillarida berib boriladi. O‘z navbatida, yaponiyalik ish beruvchilarga o‘zbekistonlik mutaxassislar salohiyati va kasbiy sifatlari haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etiladi.

Xususan, portalda 7 ta bo‘lim mavjud hamda ulardan Yaponiyaga borishda kerak bo‘ladigan ma’lumotlar, viza turlari, ishlash huquqi, mamlakatning kundalik turmush tarzi, transport va soliqlar haqidagi ma’lumotlar, yapon tilini o‘rganish bo‘yicha qo‘llanmalar joy olgan. “Umid qilamanki, Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda ishga tushirilgan ushbu portal Yaponiyada o‘qish, ishlash va malaka oshirish istagidagi o‘zbekistonlik yoshlar va mutaxassislarga samarali ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi JICA prezidenti Akihiko Tanaka.

Shuningdek, u Yaponiyada qishloq xo‘jaligi va keksalarni parvarishlash yo‘nalishida ishchi kuchiga ehtiyoj katta ekanligini qayd etdi. Hozir mamlakatda 6 ming nafardan ortiq o‘zbekistonliklar vaqtinchalik mehnat qilmoqda.

jica, migratsiya, migratsiya agentligi, portal, yaponiya

Yaponiyaning “Maxsus malakaga ega ishchi” dasturi doirasida O‘zbekiston uchun sohalar tarmog‘ini kengaytirish, yapon tili va malaka kurslari sonini ko‘paytirish, Yaponiyaning yirik ish beruvchi va rekruting kompaniyalarini hamkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi. “Portal yordamida yoshlarimiz qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishlari, tajribasi va mavjud imkoniyatlar bilan tanishib borishadi. Biz, [yaponiyalik ish beruvchilar] tomonidan ularning qiziqishlari asosida jo‘natilgan talabnoma bilan yillik kvotani belgilab beramiz”, — dedi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Azimjon Husanov.

Fuqarolarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish maqsadida Yaponiyada Migratsiya agentligining vakolatxonasini ochish rejalashtirilgan.

Hozirda Android uchun portalning mobil ilovasini havola orqali yuklab olish imkoni mavjud. Bundan tashqari, chatbot yordamida murojaatlar qabul qilinadi. Portal faoliyatini esa “Telegram”, “YouTube” hamda “Instagram” orqali kuzatib borish mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Tuman va shahar hokimliklarida boshqaruvning yangi tizimi joriy etiladi

2026-yildan ayrim tumanlarda davlat idoralari bo‘linmalari hokimlik tarkibiga o‘tkaziladi. Tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Hujjat...

Prezident sun‘iy intellektni davlat tashkilotlarida joriy etishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi

Taqdimotda sun‘iy intellekt klasteri, AI Maktab platformasi hamda mahalliy startaplar faoliyati muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev sun‘iy intellekt texnologiyalarini mamlakat vazirlik va idoralari faoliyatiga hamda boshqa sohalarga keng...

2026-yildan O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi

Yo‘ldoshli internet operatorlari besh yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi. Avvalroq 21-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor...

O‘zbekistonda 2030-yilgacha mo‘ljallangan munosib mehnat dasturi ishlab chiqiladi

Prezident unda munosib bandlik, mehnat muhofazasi, ijtimoiy sug‘urta, gender tenglik, yoshlar va inklyuzivlik masalalariga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Avvalroq prezident kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuv...

Jahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln imtiyozli kredit ajratadi

Kam ta’minlangan oilalar uchun elektr va gaz uchun kompensatsiyani 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. Jahon banki O‘zbekistonga $800 mln imtiyozli kredit ajratadi. Bu haqda...

Prezident yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishiga start berdi

Loyihaning birinchi bosqichida $2,5 mlrd sarmoya hisobiga aerovokzal va aerodrom qurilib, yiliga 20 mln yo‘lovchi, 129 ming tonna yuk va soatiga 30 ta parvozga xizmat ko‘rsatish imkoniyati...