Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston va AQSh o‘rtasida $100 mlrddan ortiq shartnoma va loyihalar portfeli shakllantirildi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida $100 mlrddan ortiq shartnoma va loyihalar portfeli shakllantirildi

Fuqaro aviatsiyasi, tog‘-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika kabi sohalarda kelishuvlarga erishilgan.

O‘zbekiston prezidenti 22-sentabr kuni AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi.

5-sentabr kuni ikki mamlakat yetakchilarining telefon orqali muloqotida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Jadal siyosiy muloqot, turli darajadagi delegatsiyalar almashinuvi hamda ishbilarmonlik aloqalari surʼati ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shu kunlarda Nyu-York shahrida AQShning yetakchi kompaniyalari bilan ko‘plab samarali uchrashuv va tadbirlar o‘tkazildi. Fuqaro aviatsiyasi, tog‘-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda umumiy qiymati $100 mlrddan ziyod bo‘lgan shartnomalar va istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirildi.

Yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish uchun AQSh Eksimbanki va DFC jamg‘armasi imkoniyatlaridan foydalanish, ularni amalga oshirishni jadallashtirish uchun qo‘shma Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita taʼsis etish muhimligi qayd etildi.

Xavfsizlik, terrorizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...