Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston SHHTda ilgari surgan tashabbuslar 54 taga yetdi

O‘zbekiston SHHTda ilgari surgan tashabbuslar 54 taga yetdi

Bu haqda Prezident huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahromjon Sotiboldiyev ma’lum qildi.

Ekspertning aytishicha, o‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston ko‘plab muhim tashabbuslarni ilgari surgan va bugunga qadar ularning jami soni 54tani tashkil qiladi.

–O‘zbekiston shu paytga qadar uch marta SHHTga raislik qilgan – 2005-2006, 2009-2010 va 2015-2016 yillarda.  Mana shu davrlarda O‘zbekiston 54 ta tashabbusni ilgari surdi va ularning asosiy qismi amaliyotga joriy etildi. Masalan, SHHT doirasida mintaqaviy aksilterror tuzilmasini tashkil etish mamlakatimizning taklifi va bu tuzilma Toshkent shahrida faoliyat olib bormoqda.

Yana bir muhim tashabbus – SHHTga yangi a’zolarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish bo‘lgan. Shundan so‘ng Hindiston va Pokiston tashkilotga a’zo bo‘ldi, Eron ham SHHTning to‘laqonli a’zosiga aylanish arafasida.

Aytish kerakki, Hindiston va Pokistonning a’zoligi tashkilotga Janubiy Osiyo eshiklarini ochgan bo‘lsa, Eronning qo‘shilishi Yaqin sharq eshiklarini ochadi.

O‘zbekistonning 2017 yildan keyingi tashabbuslari nafaqat xavfsizlik, balki iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilyapti, – deya ta’kidladi ekspert.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Tuman va shahar hokimliklarida boshqaruvning yangi tizimi joriy etiladi

2026-yildan ayrim tumanlarda davlat idoralari bo‘linmalari hokimlik tarkibiga o‘tkaziladi. Tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. Hujjat...

Prezident sun‘iy intellektni davlat tashkilotlarida joriy etishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi

Taqdimotda sun‘iy intellekt klasteri, AI Maktab platformasi hamda mahalliy startaplar faoliyati muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev sun‘iy intellekt texnologiyalarini mamlakat vazirlik va idoralari faoliyatiga hamda boshqa sohalarga keng...

2026-yildan O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladi

Yo‘ldoshli internet operatorlari besh yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi. Avvalroq 21-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor...

O‘zbekistonda 2030-yilgacha mo‘ljallangan munosib mehnat dasturi ishlab chiqiladi

Prezident unda munosib bandlik, mehnat muhofazasi, ijtimoiy sug‘urta, gender tenglik, yoshlar va inklyuzivlik masalalariga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Avvalroq prezident kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuv...

Jahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln imtiyozli kredit ajratadi

Kam ta’minlangan oilalar uchun elektr va gaz uchun kompensatsiyani 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. Jahon banki O‘zbekistonga $800 mln imtiyozli kredit ajratadi. Bu haqda...

Prezident yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishiga start berdi

Loyihaning birinchi bosqichida $2,5 mlrd sarmoya hisobiga aerovokzal va aerodrom qurilib, yiliga 20 mln yo‘lovchi, 129 ming tonna yuk va soatiga 30 ta parvozga xizmat ko‘rsatish imkoniyati...