Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston sayyohlar uchun Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat sifatida tan olindi

O‘zbekiston sayyohlar uchun Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat sifatida tan olindi

O‘zbekiston sayyohlar xavfsizligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng yaxshi davlat sifatida tan olindi. Qozog‘iston esa mintaqada sayyohlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha eng yaxshi bo‘ldi. Bu haqda sayyohlarni xavfsizlik va tibbiy xizmat bilan ta’minlashga ixtisoslashgan International SOS tashkiloti mutaxassislari xulosa berdi.

Interaktiv xavflar xaritasiga ko‘ra, O‘zbekiston xavf darajasi past bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritilgan. Mamlakatda zo‘ravonlik darajasi past, tartibsizliklar va teraktlar kam uchraydi, xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali, infratuzilma ham yaxshi ekani qayd etilgan.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston o‘rtacha xavfli davlatlar guruhiga kiritilgan.

Hammasi bo‘lib, xarita beshta xavf darajasini ko‘rsatadi – kichikdan o‘ta yuqori darajagacha.

Sayyohlar uchun dunyodagi eng xavfsiz davlatlar Shveytsariya, Sloveniya, Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Islandiya va Grenlandiya oroli hisoblanadi. Afg‘oniston, Ukraina, Iroq, Yaman, Liviya, Somali va Janubiy Sudan o‘ta xavfli deb tasniflangan.

International SOS ekspertlari dunyo mamlakatlarini tibbiy yordamning rivojlanish darajasi va undan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ham tahlil qilgan. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, mintaqadagi vaziyat Qozog‘istonda eng yaxshi hisoblanadi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston «yuqori xavf» davlatlari sanaladi. Bu davlatlarda shoshilinch, tibbiy va stomatologik kabi asosiy tibbiy yordam turlari bor. Ixtisoslashtirilgan yordam esa katta shaharlarda ham cheklangan. Retsept bo‘yicha beriladigan sifatli dori-darmonlar yo‘q bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat yoki suv orqali yuqadigan infeksiyalar tez-tez uchraydi.

International SOS sog‘liqni saqlash va xavfsizlik xizmatlari bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Unda 90 mamlakatda joylashgan xavfsizlik, tibbiyot, logistika va raqamli texnologiyalar bo‘yicha 13 ming nafar mutaxassis ishlaydi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...