Foydali manbalarKutubxonaO‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva tavsiya qilgan 5ta kitob va birinchisi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva tavsiya qilgan 5ta kitob va birinchisi

Umida Teshaboyeva kitob mutolaasi orqali hayot zinapoyasidan ko‘tarilib, muvaffaqiyatga erishishga xizmat qiladigan va o‘qib-izlanishga undaydigan kitoblar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

1996-yilda Umida Teshaboyeva Toshkent davlat madaniyat institutida kutubxonachilik bo‘yicha ta’lim olgan. Keyinchalik shu yo‘nalish bo‘yicha faoliyatini davom ettirib, 2000-yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxonachi bo‘lib faoliyatini boshlagan va bir necha yillardan so‘ng direktor lavozimigacha ko‘tarilgan.

Kitob mutolaa qilish uning oilasidan boshlanib, ota-onasining alohida shaxsiy kitob javoni bo‘lgan. Uning kitoblar olamiga kirib kelishiga esa volidasi turtki bo‘lgan. Umida Teshaboyeva buni shunday eslaydi: “Onamning kitob javoni badiiy adabiyot va tilshunoslikka oid kitoblar, izohli lug‘atlar, ensiklopediyalar bilan to‘lgan bo‘lsa, dadamning javonlari biologiya sohasiga oid: ko‘proq paxtachilik, uzum va meva sabzavotchilikka oid ilmiy nashrlar va ilmiy-ommabop kitob va jurnallardan iborat bo‘lgan. Har kuni ularning mutolaa qilib o‘tirganlarini ko‘rardim”.

Kitob tavsiya qilishida Teshaboyeva har bir insonning qiziqishlari — kimgadir tabiat manzaralarining tasvirlari, kimgadir insonlarning fe’l-atvor ifodalari, yana kimlargadir voqealar rivojining jo‘shqinligi va boshqa ko‘plab jihatlarini inobatga olish lozimligini ta’kidlaydi.

Tavsiya qilgan 5 kitobim, o‘zim maza qilib o‘qiydigan kitoblar. Undan tashqari, Xolid Husayniy va Guzel Yaxinaning asarlari, xalq ertaklari hamda memuar asarlarni mutolaa qilishni barchaga tavsiya etgan bo‘lardim, deydi Teshaboyeva.

“Boburnoma”, Zahiriddin Muhammad Bobur

“Boburnoma” — adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar hisoblandi. Kitobda Osiyoning ko‘plab tog‘lari, daryolari, o‘rmon va cho‘llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar, Boburning kechinmalari o‘rin olgan.

Asarni o‘qib borar ekansiz, tarixga bo‘lgan qiziqishingiz ham oshib boradi. O‘sha davrdagi jonli muhitga tushib qolgandek bo‘lasiz. Asardagi voqealar ketma-ketligi aniq, hayotiy va ta’sirchan yozilgan. Memuar asarlarni o‘qiyotgan odam o‘sha shaxsning bosib o‘tgan yo‘lini ham o‘rganadi. Ular bu asarlarni yozguniga qadar gulli bog‘lardan yurishmagan, balki oyoqlari ostidagi tikanlar ham bo‘lgan. Bunday asarlarni o‘qigan odam o‘ziga katta hayotiy tajriba oladi.

Shu o‘rinda aytib o‘tishim kerakki, yengil o‘qiladigan kitoblarni bo‘lsa ham o‘qing, bu yaxshi. Lekin, kitobxonning didini, saviyasini ko‘rsatadigan narsa murakkab matnlarga ega kitoblar mutolaasidir. Bunday asarlarni bir yilda, yarim yilda o‘qisangiz ham sizga katta foyda keltiradi. Murakkab asarlar sizni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishingizni ortishiga sababchi bo‘ldi.

kitoblar tavsiyasi, o‘zbekiston milliy kutubxonasi, umida teshaboyeva

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Tomas Erikson: «Atrof to`la ahmoqlar»

Ushbu kitobda insonlar to‘rtta xarakter turiga bo‘lingan bo‘lib, ularni qanday tushunish va ular bilan qanday munosabat qilish kerakligi haqida aniq tavsiyalar berilgan. Agar muloqotlaringizni samaraliroq...

«Ijtimoiy ong: Muvaffaqiyatli insonlar psixologiyasi»

"Ijtimoiy ong: Muvaffaqiyatli insonlar psixologiyasi" — Treysi Kamilleri, Samanta Rokey hamda Robin Danbar tomonidan yozilgan, muvaffaqiyatli insonlarning fikrlash tarzi, qaror qabul qilish jarayoni, ijtimoiy...

Oydinnosi Yo’ldosheva: Insonni o‘rganish ilmi

"Yangi tanishingizni bir ko‘rishdayoq qanday insonligini bila olasizmi? Yoki uzoq vaqt suhbat-lashgachgina uni o‘rgana boshlaysizmi? Ko‘pchilik odamlar suhbatdoshining nafaqat so‘zlayotgan so‘zi va o‘zini tutishi,...