Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlar bilan viza tartibini soddalashtiradi

O‘zbekiston Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlar bilan viza tartibini soddalashtiradi

Work and Travel kabi dasturlarda ishtirok etuvchi talabalarning yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.

O‘zbekiston Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanada bilan viza tartibini soddalashtiradi. Bu haqda 7-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Unda rivojlangan davlatlarda talabalar uchun tashkil etilgan “Work and Travel” kabi dasturlarda o‘zbekistonlik yoshlar ta’til vaqtida chet elga borib, ham bilim olib, ham daromad topayotgani qayd etildi.

Bu dasturlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida, kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratish yo‘lga qo‘yilishi aytildi.

Tashqi ishlar vazirligiga Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Slovakiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarda o‘qish va malaka oshirish, korxonalarda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga yengillik bo‘lishi uchun viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish topshirildi.

Bundan tashqari, chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning ko‘proq oylik olishiga sharoit yaratish hamda ijtimoiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash lozimligi qayd etildi.

Ishsiz aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish, xorijdan qaytganlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Joriy yilning sentabr oyida Germaniya Ichki ishlar va Vatan vaziri Nensi Fezer migratsiya masalasida bir qator yengilliklar ishlab chiqilayotganini, nemis ish beruvchilari uchun o‘zbekistonliklar soddalashtirilgan tartibda ishga qabul qilinishini qayd etgandi.

Yil boshidan 113 ming nafardan ortiq mehnat muhojirlari qonuniy ravishda xorijga jo‘natildi. Rossiyada o‘zbekistonliklarga taklif etilayotgan o‘rtacha ish haqi miqdori ayniqsa, xizmatlar sohasida 38%ga oshgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Prezident O‘zbekistonda superkompyuter klasterini tashkil etishni tezlashtirishni topshirdi

Yoshlarning istiqbolli loyihalarini aniqlash uchun barcha hududlarda Sunʼiy intellekt xakatoni yo‘lga qo‘yiladi. 2027-yilgacha 1 mln nafar yosh soha bo‘yicha o‘qitiladi. Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni mamlakatda...

2-oktabrdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi

Arizalarni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal hamda MyGov ilovasi orqali bepul jo‘natish mumkin. 2-oktabrdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot...

Magistratura uchun qo‘shimcha qabul e’lon qilindi

Unda ajratilgan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin. O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarida magistratura uchun qo‘shimcha qabul ochiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan...

OTMlar super kontrakt miqdorlarini e’lon qilishni boshladi

Super kontraktning minimal miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda oliygoh rektorlari tomonidan belgilanadi. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan super kontrakt miqdorlari e’lon qilinmoqda. Bu haqda...

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida $100 mlrddan ortiq shartnoma va loyihalar portfeli shakllantirildi

Fuqaro aviatsiyasi, tog‘-kon sanoati, moliya va innovatsiyalar, kimyo, energetika kabi sohalarda kelishuvlarga erishilgan. O‘zbekiston prezidenti 22-sentabr kuni AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio...

2025/2026-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilashadi. 2025/2026-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu bo‘yicha O‘zbekiston...