Matbuot xizmatiYangiliklar"Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga koʻpaydi" — Shavkat...

«Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga koʻpaydi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashda yangi bosqichga oʻtish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Qayd etilishicha, oxirgi uch yilda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha alohida tizim joriy qilinib, moliyaviy instrumentlar, infratuzilma masalalari hal qilindi.

Joriy yil boshida tumanlar 5 ta toifaga ajratilib, har biriga sharoitiga qarab yengilliklar berildi.

Har yili oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion soʻm kredit va 1,5 trillion soʻm subsidiyalar ajratilmoqda.

Natijada oʻtgan yili 1 million nafar, 2023-yilning birinchi choragida 210 ming aholi kambagʻallikdan chiqarildi.

“Uchta daftar” va Ijtimoiy himoya reyestri orqali 2 million 300 ming muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan vatandoshlarimiz moddiy yordam bilan toʻliq qamrab olindi.

Har yili 100 mingta zamonaviy korxona ishga tushmoqda. Ularga 300-400 ming malakali mutaxassis kerak. Shuningdek, xususiy sektorda yiliga 200 mingta boʻsh ish oʻrni paydo boʻlmoqda.

Lekin kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum va monomarkazlarda buncha malakali mutaxassisni tayyorlashga salohiyati hali yetarli emas.

Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga koʻpaydi. Bu bitta tumanda 2,5 mingdan ortiq yoki bir mahallada 50 nafardan tadbirkorlar sinfi shakllandi degani.

Prezident joylarda tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik qilinib, ular qoʻllab-quvvatlansa, tumanda, mahallada bandlik masalasini hal qilish uchun imkoniyatlar yanada koʻpayishini taʼkidladi.

Har yili kasb-hunarga oʻqitishga 200 milliard soʻm ajratilayotgani, ammo bu mablagʻlar tadbirkorlik subyektlarining mutaxassislarga ehtiyoji bilan bogʻlanmagani koʻrsatib oʻtildi.

Xuddi shunday, tadbirkor ham yiliga katta xarajat qilib, oʻzi uchun minglab mutaxassis tayyorlashga majbur. Lekin bunda davlat qoʻllab-quvvatlovi kerak.

Prezident aholi bandligini taʼminlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va moliyaviy ragʻbatlar taqdim etish zarurligini qayd etdi.

Shu maqsadda 1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi.

Dasturga 2023-2024-yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi.

Bu mablagʻlar hisobidan:

– kambagʻal oilalar aʼzosini kasbga oʻqitib, ishli qilish boʻyicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi;

– tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga oʻqitish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan:

– kamida 20 foiz kambagʻal oila aʼzosini bir yil davomida ish bilan taʼminlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;

– kambagʻal oila aʼzosi daromad soligʻidan ozod qilinadi;

– 5 million soʻmgacha ish haqi toʻlayotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi.

Shuningdek, dasturda qatnashadigan tadbirkorlar soliq va bojxona maʼmurchiligida yengilliklar oladi. Xususan:

– ular faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi;

– ularga qoʻshilgan qiymat soligʻi, shuningdek, ortiqcha toʻlangan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi;

– qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha guvohnoma muddatidan ilgari bekor qilinmaydi;

– barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib toʻlash imkoni beriladi;

– bojxona toʻlovlarini sugʻurta kafolatisiz olti oyga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, dasturda ishtirok etayotgan tadbirkorlarga bojxona rasmiylashtiruvi paytida “yashil yoʻlak” tartibi qoʻllaniladi.

Dasturga kirgan tadbirkorlarga infratuzilma, yer va bino-inshootlar bilan taʼminlashda qoʻshimcha yengilliklar beriladi:

– yer, bino-inshootlarni auksion orqali xususiylashtirishda boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi;

– qiymati 50 milliard soʻmdan yuqori loyihalar boʻyicha infratuzilma xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

Soliq va bojxona imtiyozlari toʻliq berilishini, arzon kreditlar oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlamagan rahbarlarga javobgarlik choralari koʻrib boriladi.

Davlatimiz rahbari ushbu tizim bir martalik ish emas, davomli jarayon boʻlishi zarurligini qayd etdi.

Vazirlar Mahkamasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Iqtisodiyot va moliya vazirliklariga joylarga chiqib, tadbirkorlar koʻtargan muammo va takliflarni oʻrganish va ularga koʻmaklashish topshirildi.

Mutasaddilar oldiga yil yakuniga qadar ushbu yangi tizim asosida 550 ming aholini oʻqitib, kambagʻallikdan chiqarish choralarini koʻrish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda kambagʻallikni qisqartirish sohasida Xitoy tajribasini oʻrganish masalasiga toʻxtalib oʻtildi.

Maʼlumki, shu maqsadda Xitoydan tajribali ekspertlar mamlakatimizga olib kelindi, Oʻzbekiston delegatsiyalari Xitoyga borib keldi. Natijada 18 ta yoʻnalishda manzilli loyihalar tayyorlandi.

Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi.

Bunda kambagʻallik yuqori boʻlgan tumanlarda yoʻl-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va oʻrta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga eʼtibor qaratiladi.

Mutasaddilarga xitoylik ekspertlar bilan birga tanlab olingan 14 ta tumanni kambagʻallikdan chiqarish uchun kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Xitoy markazlari bilan hamkorlikda hokim yordamchilarini oʻqitish, yaxshi natijaga erishgan kamida 200 nafar salohiyatli hokim yordamchilarini Xitoyga amaliyot oʻtashga yuborish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilish davomida soha va hududlar mutasaddilarining yangi tizim asosidagi ishlarni qanday tashkil etishi yuzasidan axboroti tinglandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

Shuningdek, hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Prezidentning 2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish...

Endi investorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yilga ozod etiladi

Mamlakatga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi $60 mlrddan oshdi. Xalqaro moliya institutlarining $14 mlrddan ortiq mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga yo‘naltirildi. 2-may kuni Xalqaro kongress markazida...

1 maydan nimalar o‘zgaradi?

2024 yil 1 maydan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tamiz. Ko‘p ishlatgan ko‘p to‘laydi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor...

“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi va “Biznesni rivojlantirish banki” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 30-aprel kuni “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi va “Biznesni rivojlantirish banki” oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlik qilishdan...

Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk marta Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Qatarda o‘tayotgan Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, finalga chiqish bilan birga o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi....

2025-yildan qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi

Yuridik shaxslar mazkur faoliyat uchun 4%lik aylanma solig‘ini to‘laydi. Fuqarolar yutuqlari esa daromad solig‘idan ozod etiladi. 19-aprel kuni “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va...