Matbuot xizmatiYangiliklarNogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar: 

nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish ma’muriy reglamenti;

nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.

Belgilanishicha, subsidiyalar Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir nogironligi bo‘lgan yoshning talabiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda ajratiladi.

Yoshlar ishlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Yoshlar ishlari agentligi budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish haqda ariza beruvchilar elektron reyestri axborot tizimi negizida “Yoshlar reyestri” axborot tizimini yaratish hamda unga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini 2021-yil 1-aprelga qadar modul yaratgan holda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilish choralarini ko‘radi.

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish reglamentiga ko‘ra, o‘qish xarajati uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:

a) davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan so‘rovnomani to‘ldirib, Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi;

b) Yoshlar ishlari agentligi:

taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar to‘liq va asosli ekanligini (shu jumladan, yosh fuqaroning nogironligini, u o‘qimoqchi bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotida tegishli yo‘nalish bo‘yicha o‘qitish vakolati mavjudligini) tekshiradi;

ma’lumotlar to‘liq va asosli ekanligi tasdiqlanganda ariza beruvchiga o‘qish xarajati uchun subsidiya ajratilishi haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi, bu haqida ariza beruvchiga sms-xabarnoma yuboradi hamda nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahalla yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat ta’lim tashkilotida kasb-hunar, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari yoki xorijiy tillarni o‘rganishini monitoring qilish vazifasini yuklaydi;

har oylik o‘qitish xizmati ko‘rsatilgandan so‘ng Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi so‘roviga muvofiq nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan taqdim etilgan ariza beruvchiga o‘qitish xizmati ko‘rsatilganligi to‘g‘risida hisob-faktura, bajarilgan ishlar dalolatnomasi hamda mahalladagi yoshlar yetakchisining ariza beruvchi o‘qishini monitoring qilish natijalari bo‘yicha ijobiy tavsiyasiga asosan o‘qish xarajati uchun subsidiyani Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi hisobraqamiga o‘tkazadi;

d) Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi kelib tushgan subsidiyani nodavlat ta’lim muassasasining hisobraqamiga o‘tkazadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...