Matbuot xizmatiYangiliklarMoped va skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi talabi 1-oktabrdan kuchga kiradi

Moped va skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi talabi 1-oktabrdan kuchga kiradi

Avvalroq ushbu transport vositalarini boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish talabi 1-mart etib belgilangandi.

Hukumatning 12-apreldagi qarori bilan moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish talabi o‘zgartirildi.

Hujjat bilan, o‘tgan yilning iyul oyida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan foydalanishdagi moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, ushbu transport vositalarini boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish talabi 1-oktabrdan kuchga kiradi. Avval bu muddat joriy yilning 1-marti etib belgilangandi.

Shu bilan birga, mazkur vaqtinchalik nizom 2025-yilning 30-sentabrigacha amal qiladi.

Ushbu hujjat dvigatel hajmi 25 dan 50 kub santimetrgacha bo‘lgan yoki elektr motorining quvvati 0,25 dan 4 kVt gacha va maksimal tezligi 25 dan 50 km/soatgacha bo‘lgan mopedlar va skuterlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni nazarda tutadi.

Ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish IIV YHXX hududiy boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Moped yoki skuterni ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uning egasi yoki vakili quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ishonchnoma;
  • belgilangan namunadagi arizasi;
  • texnik tavsiflar aks ettirilgan savdo tashkilotlari (agar mavjud bo‘lsa);
  • unga bo‘lgan mulkiy va boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo‘lsa);
  • moped yoki skuterni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ularga davlat raqami belgilarini va guvohnomalarni berish uchun to‘lovlar to‘langanligini tasdiqlovchi kvitansiya (elektron to‘lov tizimlar orqali to‘lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno).

Mopedlar va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari quyidagicha:

  • ariza berish va hujjatlarni topshirish — 37 500 so‘m;
  • davlat raqami — 562 500 so‘m;
  • texnik pasport — 262 500 so‘m;
  • ro‘yxatdan o‘tish — 562 500 so‘m.

Vazirlar Mahkamasi 2024-yilning iyul oyida moped va skuterlar uchun davlat raqamlari turlarini tasdiqladi. IIV va Texnik tartibga solish agentligi uch oy ichida ular uchun texnik reglamentlarni belgilashi va 2025-yildan ro‘yxatdan o‘tmagan mopedlarni boshqarishni taqiqlanishi kerak edi.

Dekabr oyida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning tegishli buyrug‘i bilan moped va skuterlarga davlat raqami belgilarini berish uchun yig‘im miqdori BHMning 1,5 baravari — 562,5 ming so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, yil yakuniga kelib, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati skuter, elektroskuter va elektromototsikllar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish raqami belgilarini berishni boshladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...