O‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Italiya klinikalari bilan hamkorlikda Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi bitiruvchilari bepul italyan tili kurslarida o‘qitiladi. Mashg‘ulotlar tibbiyot terminologiyasiga asoslanadi hamda onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi.
Tayyorlov bosqichi yakunlangach, ish beruvchi suhbatidan muvaffaqiyatli o‘tganlar Italiyaning Milan shahrida 1 800 yevro oylik maoshi to‘lanadigan ish bilan taʼminlanadi.
Taʼkidlanishicha, dastlabki 10 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Milan shahrida italyan tibbiyoti standartlari bo‘yicha tajriba orttirishni boshlagan.
