Foydali manbalarKutubxonaKitob oʻqishni oilaviy mashgʻulotga aylantiramiz!

Kitob oʻqishni oilaviy mashgʻulotga aylantiramiz!

Bolalarda kitob oʻqishga boʻlgan muhabbatni shakllantirish uchun qanday usullardan foydalanish mumkin? Bu masalada quyidagi layfxaklardan foydalansangiz boʻladi.

– Agar farzandingiz hali juda kichkina boʻlsa, uning yoshiga mos kitoblar xarid qiling. Kitobni u bilan birgalikda yoki navbatma-navbat oʻqing. Farzandingizga kitobdagi suratlarni koʻrsating va qahramonlar haqida u bilan suhbatlashing.

– Kitobni oʻqib boʻlganingizdan keyin bola bilan mavzu yuzasidan fikr almashing. Fikr almashish jarayoni kitobdagi mavzuni yoki asarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

– Bolalar ota-onalaridan ibrat olib ulgʻayishadi. Uni kitob oʻqishga oʻrgatishni istasangiz, farzandingiz sizni ham kitob oʻqib oʻtirgan holatda koʻproq koʻrishi kerak. Unga shaxsiy namuna koʻrsatsangizgina, bola ham mutolaaga mehr qoʻyadi. Agar u sizni kun davomida ijtimoiy tarmoqlardan bosh koʻtarmaydigan, televizor qarshisiga mixlanib qolgan holda koʻraversa, kelgusida bularning barchasini oʻz hayotida ham takrorlaydi.

– Oilangizning barcha aʼzolari jam boʻlib, birgalikda kitob oʻqishi uchun vaqtni rejalashtiring. Misol uchun, yakshanba kuni kechki ovqatdan keyin oila aʼzolarining barchasi har qanday ishdan biroz chalgʻib, birgalikda kitob oʻqiydigan boʻlsin. Avvaliga buning uchun 10-15 daqiqa vaqt ajratsangiz yetarli, keyin esa vaqtni asta-sekin koʻpaytirib borasiz.

– Farzandingiz kitob oʻqish bilan mashgʻul boʻlgan vaqtda uni chalgʻitmang. Bu paytda bolaning yoniga joylashib olib, siz ham unga qoʻshilishingiz mumkin. Natijada bola mutolaa jarayonining qanchalar katta ahamiyatga ega ekanligini his qiladi.

– Farzandingizga qanday kitoblarni oʻqisa koʻproq foyda olishini tushuntirib bering. Uning qiziqishlariga mos kitoblar tanlashga koʻmaklashing, bu borada bolaning fikri bilan ham qiziqing.

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Steven Pinker. The Language Instinct (Til instikti)

Stiven Pinker bugungi kunda AQSHda asarlari eng ko‘p o‘qiladigan mualliflardan. Boshqa kitoblari ham mashhur. MIT professori. Asosiy yo‘nalishi lingvistika. Kitobning nomidan ko‘rinib turganidek muallif tilga...

Meteora Production asoschisi Kamila Erkayeva tavsiya qilgan kitoblar

Kamila biznes, jamoa boshqaruvi va shaxsiy samaradorlik bo‘yicha unga katta ta’sir qilgan kitoblar bilan bo‘lishdi. To‘plamdan ta’sischilik, liderlik, kuchli jamoa qurish va biznesni uzoq muddatli rivojlantirishga...

Brett King: Bank 4.0 Doim siz bilan – hozir va shu yerda

Bank kelajagi allaqachon shu yerda — siz tayyormisiz? Naqd pul allaqachon eskilik sarqitiga aylangani koʻpchiligimizga sir emas. Biroq plastik kartaning davri ham oʻtganini bilasizmi? Toʻlov...