“Jasorat maktabi” loyihasida ishtirok etgan yoshlarga tadbirkorlik yo’nalishida sertifikatlar topshirildi
“Jasorat maktabi” loyihasi doirasida tadbirkorlik yoʻnalishida biznes koʻnikmalarni shakllantirish va bilimlarni oshirish maqsadida qisqa muddatli oʻquv kursni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, «Yoshlar – kelajagimiz» jamgʻarmasi viloyat filiali, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.
Loyiha davomida yoshlar e-kasb.uz platformasining imkoniyatlari bilan tanishtirilib, turli yo`nalishlarda mutaxassislar tomonidan o’qitildi.