Foydali manbalarBiznes haqidaHind milliarderining hayotingizni o‘zgartirib yuboradigan 5 ta siri

Hind milliarderining hayotingizni o‘zgartirib yuboradigan 5 ta siri

Kambag‘al immigrant oilasida tug‘ilgan Naval Ravikant — Uber, Twitter investori va “investitsiya tinderi”ning yaratuvchisi 15 yoshida hind taomlarini yetkazib beruvchi noqonuniy ovqatlanish xizmatida ishlay boshlaydi.

Bugun u milliarder va Silikon vodiysidagi eng mashhur odamlardan biri. “Ayni shu joyda va hozir yasha” filmida Naval Ravikant har qanday odam boylikka erishishi mumkinligini isbotlovchi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi. Keling, ulardan ba’zilari haqida gaplashamiz.

Pul topish bu — mahorat. Buni o‘rganish mumkin

“Agar barcha pullarimni yo‘qotib qo‘ysam-u, siz meni ingliz tilida so‘zlashadigan istalgan mamlakatdagi tasodifiy ko‘chaga tashlab qo‘ysangiz, 5-10 yildan keyin yana boyib ketaman. Chunki bu men o‘zlashtirgan ko‘nikmalar to‘plami. Bu har kim o‘rganishi mumkin bo‘lgan narsa”, — deydi Naval Ravikant.

Milliarder har kim boy bo‘lishni o‘rganishi mumkinligiga ishonchi komil. Buning uchun qattiq ishlash shart emas. Boy bo‘lish uchun nima qilish kerakligini tushunish muhim. Boshqalar kabi emas, balki tizimga qarshi suzishni o‘rganing va har bir qadamingizni tahlil qiling.

Pulni emas, boylikni izlang

Pul va boylik o‘rtasidagi farq nima? Boylik uxlayotganingizda yoki dam olganingizda ham pul ishlashingizga yordam beradi. Bular siz uchun ishlaydigan aktivlar. Pulni emas, boylikni qidiring.

Ishchi bo‘lib boyib bo‘lmaydi. Chunki siz o‘zingizni va vaqtingizni ijaraga olyapsiz. Moliyaviy erkinlikni passiv daromad bilan birga olish mumkin. Haqiqiy boy shifokor xususiy klinika ochadi, sartarosh esa o‘zining go‘zallik salonini ochadi. O‘zingiz uchun kapital toping — biznesning bir qismi va ishchi bo‘lib pul topishni to‘xtating.

Foto: Shutterstock

Jamiyatga ular xohlaydigan narsani bering

Stiv Jobs birinchi bo‘lib odamlarga smartfonlar — telefonlar emas, balki chiroyli va ishlatish uchun qulay bo‘lgan kichik cho‘ntak kompyuterlari kerakligini tushundi.

Jamiyatga nima kerakligini taxmin qilsangiz, siz ham boyib ketishingiz mumkin. Va o‘zingizning muvaffaqiyatli g‘oyangizni yoki mahsulotingizni kengaytira olasiz. Odamlarga nima berishingiz mumkinligini o‘ylab ko‘ring va bunga e’tiboringizni qarating.

O‘zingizga yoqadigan va erishish mumkin bo‘lgan ishni qiling

Bolalik va o‘smirlik chog‘ingizda hech qanday qiyinchiliksiz va katta zavq bilan nima qilganingizni eslang. Siz buni mahorat deb hisoblamasligingiz ham mumkin. Ammo atrofdagilar qobiliyatingizni payqashadi. Bu har qanday narsa bo‘lishi mumkin. Misol uchun, gitara chalishni osonlik bilan o‘rgangansiz. Kimdir epchillik bilan stol o‘yinlarida hammani mag‘lub etadi. Kimdir ilmiy fantastikani yaxshi ko‘rardi va o‘zining kitobini yozdi. Kimdir jurnalist bo‘lishni orzu qiladi.

Ota-onangiz yoki bolalikdagi eng yaqin do‘stingiz bilan gaplashib, qaysi ko‘nikmalarni osongina o‘zlashtirishingiz, o‘zingizning noyob va yaxshi haq to‘lanadigan bilimingizga aylanishingiz mumkinligini aniqlang.

Foto: Shutterstock

O‘rganishdan to‘xtamang

Ilgari bir necha yil davomida universitetda ma’ruzalarga borish shart edi. Ammo hozir dunyo juda tez o‘zgarmoqda. O‘qishni bitirguningizcha bilimlar eskiradi. Boy bo‘lishga yordam beradigan eng muhim mahorat bu — doimiy o‘qishga tayyorlik.

Sotishni o‘rganing. Yaratishni o‘rganing. O‘rganishni o‘rganing. Hech qachon rivojlanishdan to‘xtamang. Qilayotgan ishingizda dunyodagi eng yaxshisi bo‘ling. Mikroiqtisodiyot, o‘yin nazariyasi, psixologiya, ishontirish, etika, matematika va kompyuterni o‘rganing.

Bir necha oy ichida yangi kasbni o‘rganing. Bir necha yil ichida u eskiradi. Ammo bu yillarni unumli o‘tkazsangiz, boyib ketishingiz mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Kelgusi 2 yilda ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga 2 trln so‘m ajratiladi

Taʼsischisi yoki rahbari ayol bo‘lgan kompaniyalarga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi. Prezident xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaytirilishi bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy...

2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli kredit beriladi, ayrim texnikalarga boj bekor qilinadi

Shuningdek, ularga sug‘orish nasoslariga quyosh panellari o‘rnatish va elektr xarajatlari uchun kompensatsiyalar ajratiladi. 2026-yildan kartoshka yetishtiruvchilar uchun yangi imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda 2-dekabr kuni...

Bog‘dorchilik xo‘jaliklariga intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 14% li imtiyozli kredit beriladi

Shuningdek, muzlatkichli omborlar uchun kredit foizining bir qismi va qadoqlash xarajatlarining 50%i qoplab beriladi. Avvalroq prezident ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib...

Prezident butun mamlakatda havo ifloslanishiga qarshi choralarni kuchaytirishni topshirdi

Barcha hududlarda xavfli chiqindilarni xatlovdan o‘tkazib, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha kamida 1 tadan loyihani boshlash, yagona monitoring platformasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. 1-dekabr kuni...

O‘zbekiston sun’iy intellekt moduliga ega Samarqand-2028 sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqmoqda

Sun’iy intellekt yordamida tibbiy suratlarni tahlil qilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, u orqali yo‘llardagi qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlash tizimini yaratish taklif qilindi. Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni...

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish instituti tashkil etiladi

Institut yashirin iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Avvalroq prezident “Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari...