Matbuot xizmatiYangiliklarHech kimga aytish kerak bo‘lmagan 6 narsa

Hech kimga aytish kerak bo‘lmagan 6 narsa

Insoniyat qadim zamonlardan beri tilning ulkan kuchga ega ekanligini biladi. Til bilan suhbatdoshga tasalli berish, bemorlarni davolash  yoki bitta so‘z bilan ko‘ngilni vayron qilish mumkin. Agar tilni boshqarmasak, ko‘plab muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Quyida  hech kimga hech qachon aytmasligingiz kerak bo‘lgan narsalar haqida gaplashamiz.

1.Kelajak rejalaringizni ovoza qilmang
Ushbu tavsiyamiz rejalaringizga atrofdagilarning hasad qilishi yoki ko‘zi tegishi mumkinligi bilan emas, balki ularni amalga oshmay qolishi ehtimoli bilan bog‘liq. Psixologlarning aytishlaricha, muhim rejalaringizni boshqalar bilan bo‘lishsangiz, miya ularni bajarilgan deb hisoblaydi. Boshlagan ishlaringizni esa oxirigacha tugatolmay qolasiz. 

2. Erishgan yutuqlaringiz bilan maqtanmang
Hattoki, uch boshli ajdarhoni yengan bo‘lsangiz ham, bu haqida boshqalarga aytib berish shart emas. Bu oxir-oqibatda  maqtanchoqlikka o‘rganib qolishga olib keladi. 

3. Boshqalarni yomonlamang 
Odamlarning orqasidan gapirmang, bu g‘iybat deb ataladi va bunday insonlarni ko‘pincha hurmat qilishmaydi. Esda tuting, agar kimdir sizga boshqalarni ular yo‘qligida g‘iybat qilsa, sizning yo‘qligingizda ham ortingizdan gapiradi. 

4. Shaxsiy muammolaringiz haqida birovga aytmang
Hammaning dardi va tashvishi o‘ziga yetarli. Muammolaringizni aytib jar solganingiz bilan ular o‘z yechimini topmaydi.  O‘z muammolaringizni faqat o‘zingiz yechimini qidira olasiz. 

5. Bilimingizni ovoza qilmang
Umuman olganda maqtanish yaxshi narsa emas. Oliy ma’lumotli bo‘lsangiz ham, bu haqida hammaga aytib yurish shart emas. Birinchidan, o‘zingizni ustun qo‘yib, kimnidir xafa qilishingiz mumkin. Ikkinchidan esa, ilmingizni ishlatmasangiz hech nimaga ega bo‘lmaysiz. Yaxshisi, rivojlanishda davom eting.

6. Yaxshi amallaringiz haqida birov bilishi shart emas
Yaxshilik qildingizmi, kimgadir yordam berdingizmi, kimningdir hayotini qutqardingizmi, balki butun oylikni ehson qilgandirsiz? Yaxshi! Buning albatta mukofoti bor. Sizga yuz baravar qaytadi. Ammo bu haqida hammaga aytib yurish kerak emas, chunki ezgu ishlar o‘zingizni ko‘rsatish uchun qilinmaydi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...