Matbuot xizmatiYangiliklarBiznesga dual ta‘limni tashkil etish uchun 5 mlrd so‘mgacha kredit beriladi

Biznesga dual ta‘limni tashkil etish uchun 5 mlrd so‘mgacha kredit beriladi

Hukumat qarori bilan dual kasb-hunar ta‘limini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi. Hujjat Lex.uz portalida e‘lon qilindi.

Texnikumlar bilan dual ta‘lim dasturlarini joriy etish to‘g‘risida shartnoma tuzgan tashkilotlar imtiyozli kreditlar olishi mumkin bo‘ladi. Ularni ajratish prezidentning 2025-yil oktyabrdagi kasb-hunar ta‘limi sohasidagi islohotlar to‘g‘risidagi qarorida nazarda tutilgan.

Kredit miqdori 5 mlrd so‘mgachani tashkil etadi. Pul mablag‘lari yetti yil muddatga, ikki yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4% yuqori stavkada (hozirda — 18% — Spot) ajratiladi.

Har 1 mlrd so‘m kredit olgan tashkilot ikki yillik dual ta‘lim dasturi doirasida texnikumning kamida 5 nafar o‘quvchisini ishga jalb qilish majburiyatini oladi. Shuningdek, u har 1 mlrd so‘m uchun kamida bitta bitiruvchini bir yilgacha bo‘lgan muddatga ish bilan ta‘minlashi kerak bo‘ladi.

Mablag‘lardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:

  • yangi biznesni yoki yangi yo‘nalishlarda ishlab chiqarishni joriy qilish;
  • ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish maqsadida tashkilotni zamonaviy texnologiyalar bilan ta‘minlash hamda modernizatsiya qilish;
  • eksportni qo‘llab-quvvatlash;
  • “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya jihozlarini xarid qilish;
  • raqamlashtirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish;
  • asosiy vositalarni sotib olish;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
  • dual ta‘lim jarayonida ishtirok etuvchi tashkilotning mutaxassislari hamda o‘quvchilarga tashkilot tomonidan biriktirilgan ustozlarni rag‘batlantirish.
  • Dual ta‘lim dasturlari ishtirokchilariga malakali mutaxassislar orasidan albatta ustoz biriktirilishi shart. Tashkilot o‘quvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzishi va ularga ish haqi to‘lashi lozim.

Shuningdek, texnikum bilan dual ta‘lim dasturini tashkil etish to‘g‘risida yozma shartnoma mavjud bo‘lishi talab etiladi. Bundan tashqari, ariza topshirishdan avval tashkilot o‘quv muassasasi bitiruvchilarini ishga qabul qilgan bo‘lishi kerak.

Dual ta‘lim dasturi ishga tushirilgandan so‘ng ikki hafta ichida tijorat bankiga imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida ariza topshirish mumkin. Arizaga tashkilotning ta‘sis hujjatlari, dual ta‘lim to‘g‘risidagi shartnoma nusxalari, dastur ishtirokchilari ro‘yxati, shuningdek kredit mablag‘laridan foydalanish rejasi ilova qilinishi lozim.

Bank hujjatlar to‘plamini 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Agar imtiyozli kredit ajratish maqsadga muvofiq deb topilsa, tashkilot bu haqda 3 ish kunidan kechiktirmay tegishli xabarnomani oladi.

Rad etilgan taqdirda, bank bir hafta ichida rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda yozma javob taqdim etishi shart. Bunday holda, tashkilot uch ish kuni mobaynida qaror ustidan bankka (ichki apellyatsiya organiga), nizolarni sudgacha hal qilish organlariga, Markaziy bankka, shuningdek sud orqali shikoyat qilishi mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz...

To‘rtta hududda 2,4 GVt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari va saqlash tizimlari ishga tushirildi

O‘zbekistonning turli hududlarida uchta yangi elektr stansiyasi va uchta elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Ular 25-avgust kuni mustaqillikning 35 yilligi munosabati...

Bir guruh tadbirkorlar O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Bir guruh tadbirkorlar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan taqdirlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi. 26-avgust kuni bo‘lib o‘tgan marosimda palata tizimi, tarmoq uyushmalari...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 4,5% gacha pasaydi — Jamshid Qo‘chqorov

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 4,5% gacha pasaydi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov davlat dasturining 2026-yil birinchi...

Oʻzbekiston hududidagi Buyuk ipak yoʻli chorrahasida yangi manzil ochilmoqda

Qadimdan Buyuk ipak yoʻli chorrahalaridan biri boʻlgan Navoiy hududida yangi turistik maskanning tashkil etilishi hududning sayyohlik salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. 8 million AQSH...

OTMga qabulda 6-yo‘nalishni tanlash imkoniyati ochiladi

2026/27 o‘quv yilidan abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati ham beriladi. Bu amaliyotni keyingi haftadan boshlash rejalashtirilgan. Oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijalari e’lon qilindi....