Foydali manbalarKutubxonaBill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob va birinchisi

Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob va birinchisi

Microsoft asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida mutolaa qilish uchun o‘zi o‘qigan kitoblari ro‘yxatini taqdim etdi.

“Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z blogida 2024-yilda o‘qigan eng yaxshi 4ta kitobi ro‘yxatini e’lon qildi.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, kitoblar jamlanmasi bizni o‘rab turgan dunyoni anglashga yordam beradi. Masalan, ro‘yxatdagi ikkita kitobda kelajak, jumladan, sun’iy intellekt rivoji va ulkan texnologik yutuqlar odamlarning yashash, o‘rganish va sevish hissini qanday o‘zgartirayotgani haqida so‘z boradi. “Yana bir kitob javoblarni o‘tmishdan axtaradi — ilgari yetakchilar qiyin davrlarni qanday yengib o‘tganliklari haqidagi tarix saboqlari ham tasalli beruvchi, ham qiziqtiruvchi. Ro‘yxatimdagi to‘rtinchi kitob esa bugungi kun haqida. U sizga har kuni bizni o‘rab turgan jamiyatning ajoyib, ko‘zga ko‘rinmas asosini qadrlashga undaydi”, — deb yozadi Geyts.

Shuningdek, u yilning mazkur mavsumi qancha kitob bo‘lsa-da ortiqcha qilmasligidan kelib chiqib, o‘quvchilarga bonus sifatida yana bitta kitobni tavsiya qildi.

“Tugallanmagan muhabbat qissasi”, Doris Kearns Gudvin

Men Doris kitoblarining katta muxlisiman, lekin uning yangi tarjimai holini o‘qimagunimcha shaxsiy hayoti haqida ko‘p narsa bilmasdim.

Kitob AQSh tarixidagi eng notinch davrlardan birida prezidentlar Kennedi va Jonsonga siyosat bo‘yicha maslahatchi va nutq yozuvchi bo‘lib ishlagan marhum eri va o‘zining hayotiga bag‘ishlangan. Doris shunday iste’dodli yozuvchiki, uning sevgi tarixi haqidagi boblari Kennedining o‘ldirilishi va Vetnam urushi haqidagi boblar kabi qiziqarli va ma’rifiydir.

bill geyts, kitoblar, kitoblar tavsiyasi

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Professionallar va biznesni endi boshlayotganlar uchun top 6 kitob (2-qism)

4. Spetsnas usullari bilan biznesni boshqarish. Bosh direktorga aylangan snayperning maslahatlari. Muallif: Brendon Uebb Muallif o’z kitobida harbiy va biznes-tajribasidan kelib chiqib, har qanday vaziyatlarga moslashish...

Professionallar va biznesni endi boshlayotganlar uchun top 6 kitob (1-qism)

Spot internet tarmog’i va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan manbalar orqali siz uchun qiziq bo’lgan kitoblarni bir joyda to’pladi. 1.20 ta eng samarali onlayn sotish vositasi. Muallif: MARIA...

Miya uchun ozuqa: biznes, moliya va iqtisod haqida 10 ta kitob (2-qism)

Stiv Blank “Ma’rifat sari to'rt qadam. Muvaffaqiyatli startaplarni yaratish strategiyalari” Stiv Blank texnologik startaplar olamidagi asosiy shaxslardan biridir. U o‘zining “Ma’rifat yo’lidagi to'rt qadam” kitobida...