Foydali manbalarKutubxonaAKFA Group rahbari Kamran Gulamov tavsiya qilgan 5 ta kitob

AKFA Group rahbari Kamran Gulamov tavsiya qilgan 5 ta kitob

Tadbirkor “Spot” nashri bilan o‘zining sevimli kitoblari, jumladan, jahon adabiyoti durdonalari hamda biznesga oid bestsellerlar to‘plami bilan o‘rtoqlashdi.

“Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi”, Stiven Kovi

Amerikalik biznes-maslahatchi va taniqli notiq Stiven Kovi ushbu ajoyib kitobda muvaffaqiyatga erishish uchun dunyodagi eng yaxshi tajribalarni birlashtirgan.

U har kim rivojlantirishi mumkin bo‘lgan yettita qobiliyatdan iborat. Hikoyaning mohiyati oddiy: muallif qanday maqsadli va muvaffaqiyatli odamlar yashashi haqida hikoya qiladi.

Ushbu kitobni shaxsiy o‘zgarish yo‘lidan qanday o‘tishni chuqurroq tushunish uchun bir necha marta, qayta-qayta o‘qish mumkin.

Kitob bilan tanishgandan so‘ng, hamma narsa yaxshi tomonga o‘zgaradi, masalan dunyoni idrok etish, boshqalar bilan munosabatlar, kasbiy rivojlanish.

“Alkimyogar”, Paulo Koelo.

Roman o‘quvchilarni o‘z taqdiriga ergashishga o‘rgatadi. Asarda bu eng oliy maqsad va baxt sifatida ko‘rsatilgan.

“Alkimyogar” chuqur falsafiy ma’noga ega ajoyib kitobdir. Unda muallif o‘z hayotiy tajribasi haqida gapiradi, hayot mazmuni haqida fikr yuritadi, o‘quvchini sevgi haqidagi tushunchasi bilan tanishtiradi va maqsadlarga erishish haqida gapiradi.

Kitob o‘z yo‘lini topa olmay chorrahada qolganlarga javob berib, taqdir belgilariga e’tibor berish kerakligini va ba’zida izlayotgan narsa yaqin joyda ekanligini yodda tutish kerakligini tushuntiradi.

“Sapiens: Insoniyatning qisqacha tarixi”, Yuval Harari.

Kitob global savollarga oddiy javoblar beradigan zamonaviy ilmiy-ommabop adabiyotning eng yaxshi namunasi hisoblanadi.

“Dunyo qanday ishlashi va insoniyat qanday rivojlangani bilan qiziquvchilarga uni o‘qib chiqishingizni maslahat beraman”, — deydi Kamran Gulamov.

Mutolaadan keyin tarixiy, diniy, iqtisodiy va hatto madaniy muammolarning kelib chiqishi ayon bo‘ladi.

Kitob dunyoqarashni o‘zgartiradi va kengaytiradi hamda detektiv yoki ilmiy fantastikadan ham ko‘proq narsani qamrab oladi.

“Boy ota, kambag‘al ota”, Robert Kiyosaki.

Odamlar Robertning qoidalari va maslahatlari haqiqatda qo‘llanilmasligini va ular muallifning o‘zi bir vaqtlar bankrot bo‘lganini aytishadi.

Ammo bu kitob moliyaviy savodxonlik asoslarini o‘rganmoqchi bo‘lgan har bir kishi uchun foydali bo‘ladi. Mazkur kitob o‘quvchining pulga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi.

“Xa, Kiyosaki aniq yechimlar bermaydi, lekin bu sizga shart ham emas. Sizning harakatlaringiz va ko‘nikmalaringiz buxgalteriya hisobi, sarmoya va qonunchilikni bilish hisoblanadi.

Bularning barchasi birgalikda vaqt o‘tishi bilan aktivlaringizni ko‘paytirib, pulni oqilona sarflashga imkon beradi.

“Mening hayotim, mening yutuqlarim”, Genri Ford.

Ishni tashkil etish bo‘yicha qimmatli qo‘llanma hisoblanib, unda iste’dodli ixtirochi-konstruktor o‘z hayoti va faoliyati haqida gapiradi. Ford ishlab chiqaruvchining farovonligi uning odamlarga keltirgan foydasiga ham bog‘liq deb hisoblardi.

U butun biznesini shu tamoyil asosida qurdi hamda o‘z xodimlari haqida qayg‘urar, iste’molchilar va o‘z mamlakati oldidagi mas’uliyatini bilardi.

Genri Ford dunyoni yaxshiroq joyga aylantirish uchun harakat qildi va bu u boshqargan kompaniya muvaffaqiyatining kaliti edi. Uning strategiyalari oddiy va hali ham ishlaydi, shuning uchun bugungi kunda qo‘llaniladi.

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Bill Geyts 2025-yilda o‘zining memuar kitobini chiqaradi

Bill Geyts “Microsoft” kompaniyasini tashkil etishdan oldingi hayoti haqida kitob chiqaradi. Bu haqda u o‘z blogida ma’lum qildi. Kitob 2025-yilning fevral oyida “Source Code” nomi ostida...

Bill Geytsdan yozgi ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob

Microsoft kompaniyasi asoschisi o‘z blogida yozgi ta’tilda o‘qishni maslahat beradigan kitoblar va serial ro‘yxatini e’lon qildi. “Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z blogida 2023-yilda yozgi ta’tilda...

2023-yilning eng yaxshi 5ta biznes kitobi

Kitoblarda biznes, ilmiy, psixologik ma’lumotlar berilgan bo‘lib, nafaqat tadbirkorlar va rahbarlar, balki har bir kitobxon uchun foydali bo‘ladi. “Forbes” 2023-yilning eng yaxshi biznes kitoblar ro‘yxatini tuzdi. Ular...