Matbuot xizmatiYangiliklar“Biznes marafon”lar haqida umumiy ma’lumot

“Biznes marafon”lar haqida umumiy ma’lumot

Muvaffaqiyat bu biror ishda erishilgan yaxshi natija, yutuq va omad deganidir. “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, “Yoshlar ishlari agentligi” tashabbusi bilan “MFactor” hamda viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda yurtimiz bo‘ylab ilk bora tashkil etilgan hamda barcha hududlar qamrab olingan “BIZNES MARAFON” kelajagani o‘z qo‘li bilan yaratish istagida bo‘lgan yoshlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Binobarin, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan eng ilg‘or tadbirkorlarlar ishtirokidagi ushbu marafon o‘zaro tajriba almashish, biznes va tadbirkorlik faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar, innovasion ishlanmalarni jalb etish, jahon bozoriga chiqish uchun yo‘llanma vazifasini o‘taydi.
Respublikamizning barcha viloyat va shaharlarida o‘tkazilgan “BIZNES MARAFON” dastlabki bosqichda 30 000 ga yaqin yoshlarni oflayn, 500 000 ga yaqin yoshlarni esa onlayn qamrab olishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, 27-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 12 soatlik “ONLAYN BIZNES MARAFON”da 5000 ga yoshlar ishtirok etib, “You Tube” ijtimoiy tarmog‘ida 95 000 dan oshiq foydalanuvchilar tomonidan tomosha qilindi.

O‘zbekistonning yetakchi tadbirkorlari bilan bevosita fikr almashish va biznes g‘oyalarini amalga oshirish uchun qimmatli maslahatlarni olish imkonini beruvchi marafonning oxirgi manzili poytaxtimiz bo‘ldi. Joriy yilning 29-iyun kuni soat 19:00da Toshkent shahridagi “Turkiston saroyi”ning yozgi maydonida bo‘lib marafon davomida yosh tadbirkorlar tomonidan biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan dunyodagi ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar bilan tanishtirildi.

«Muvaffaqiyatga erishish sirlari» mavzusidagi treningda yoshlar tadbirkorlik hamda biznes bo‘yicha yuqori bilim, ko‘nikma hamda tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlar bilan muloqot qilib, biznes borasidagi o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
Yoshlar hamisha atrofidagi tengdoshlarining harakatini ko‘rgach, nimagadir erishishga va aynan ulardan maslahat olishga harakat qiladi. Biznes va tadbirkorlikda ham xuddi shunday.
Poytaxtda bo‘lib o‘tgan «BIZNES MARAFON» bu uchun ham imkoniyatlar eshigini ochdi. Zero, marafon doirasida o‘tkazilgan treningda Toshkentdagi yosh tadbirkorlar ham qatnashdi. Bu esa biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, biznes borasida turli xulosalarga kelishga imkon yaratdi.

Biznes marafon kundaligi:

2021-yil 6-aprel Namangan viloyati

2021-yil 7-aprel Andijon viloyati

2021-yil 8-aprel Farg‘ona viloyati

 

2021-yil 9-aprel Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri

2021-yil 22-aprel Sirdaryo viloyati

2021-yil 28-aprel Toshkent viloyati Bekobod shahri

2021-yil 28-aprel Toshkent viloyati Chirchiq shahri

2021-yil 29-aprel Toshkent viloyati Nurafshon shahri

2021-yil 29-aprel Toshkent viloyati Olmaliq shahri

 

2021-yil 6-may Jizzax viloyati

 

2021-yil 24-may Navoiy viloyati

 

2021-yil 25-may Buxoro viloyati

 

Ro‘yxat to‘ldirilib boriladi…

 

 

 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

Shuningdek, hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Prezidentning 2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish...

Endi investorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yilga ozod etiladi

Mamlakatga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi $60 mlrddan oshdi. Xalqaro moliya institutlarining $14 mlrddan ortiq mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga yo‘naltirildi. 2-may kuni Xalqaro kongress markazida...

1 maydan nimalar o‘zgaradi?

2024 yil 1 maydan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tamiz. Ko‘p ishlatgan ko‘p to‘laydi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor...

“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi va “Biznesni rivojlantirish banki” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 30-aprel kuni “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi va “Biznesni rivojlantirish banki” oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlik qilishdan...

Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk marta Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Qatarda o‘tayotgan Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, finalga chiqish bilan birga o‘z tarixida ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi....

2025-yildan qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi

Yuridik shaxslar mazkur faoliyat uchun 4%lik aylanma solig‘ini to‘laydi. Fuqarolar yutuqlari esa daromad solig‘idan ozod etiladi. 19-aprel kuni “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va...