Dilan Field — Figma kompaniyasining hammuassisi va bosh direktori. U dasturiy ta’minot va dizayn sohasida yangi yondashuvni shakllantirgan yosh tadbirkorlardan biri hisoblanadi.
Figma dizaynerlar, dasturchilar va mahsulot ishlab chiquvchi jamoalarga birgalikda ishlash imkonini beradigan internet platformasidir. Uning asosiy ustunligi shundaki, foydalanuvchilar bir loyihada turli joylardan turib, real vaqt rejimida hamkorlik qilishi mumkin.
2021–2026-yillarda Figma faoliyati keskin kengaydi. Kompaniya oddiy interfeys dizayni vositasidan mahsulot yaratish jarayonining turli bosqichlarini qamrab oluvchi platformaga aylandi.
2025-yil iyul oyida Figma fond birjasiga chiqdi. Bu kompaniya uchun muhim tarixiy voqea bo‘ldi. O‘sha yili kompaniya yangi mahsulotlar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini ham taqdim etdi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, Figma daromadi 1,056 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 41 foizlik o‘sish demakdir. 2026-yil boshida kompaniya choraklik daromadining ham sezilarli o‘sishini qayd etdi.
Dylan Field muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri jamoaviy ishlash muammosiga texnologik yechim topganidir. Ilgari dizayn loyihalarini birgalikda boshqarish ko‘p vaqt va murakkab dasturlarni talab qilgan bo‘lsa, Figma bu jarayonni ancha soddalashtirdi.
Uning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnologik biznesda foydalanuvchilarning kundalik ish jarayonini osonlashtiradigan mahsulot yaratish juda katta imkoniyatlarga yo‘l ochadi.
Muvaffaqiyat sabog‘i: Katta natijaga erishish uchun insonlar duch kelayotgan muammolarni aniqlash va ularga sodda, samarali yechim taklif qilish zarur.
