Spot internet tarmog’i va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan manbalar orqali siz uchun qiziq bo’lgan kitoblarni bir joyda to’pladi.
1.20 ta eng samarali onlayn sotish vositasi. Muallif: MARIA SOLODAR
Mazkur kitob sotuv sohasida qanchalik talab kuchayayotganini ko’rsatib beradi va sotuv bo’yicha eng samarali texnikalarni yoritadi.
2. Boshqaruvning Osiyocha usuli: Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada biznes qanday boshqariladi. Muallif: Sing Ong Yu
Bu kitob ishbilarmonlik madaniyati va Osiyolik hamkasblar bilan mustahkam munosabat o‘rnatishni istaganlar uchun foydali yo‘lboshlovchiga aylanadi.
3. Matryoshka. Biznesni xorijliklar bilan qanday yuritish kerak. Muallif: Endi Freka
Freka kitobxonni xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va jahon bozorida o‘z biznesini to‘g‘ri targ‘ib qilishga o‘rgatadi.