Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Dronlar yordamida iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish istiqbollari qayd etildi. Xususan, qishloq xo‘jaligida ulardan ekin maydonlarini kuzatish va ularga ishlov berishda, sanoatda ishlab chiqarish jarayonlari va infratuzilmani nazorat qilishda, shaharlarda esa monitoring va yo‘l harakatini tashkil etishda foydalanish mumkin.

Tahlillarga ko‘ra, jahon dron bozori yiliga 10−15% ga o‘smoqda. Taqdimotda ta’kidlanishicha, uchuvchisiz texnologiyalarni joriy etish iqtisodiy o‘sishni tezlashtirishi, malakali mutaxassislarga talabni rag‘batlantirishi va yangi texnologik yo‘nalishlarning rivojlanishiga turtki berishi mumkin.

Dronlardan fuqarolik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ushbu yo‘nalishda biznes va investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, parvozlar xavfsizligi va fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlaydigan zamonaviy tartibga solish mexanizmlarining ahamiyati ta’kidlandi.

Dronlardan foydalanishning yagona qoidalari, ularni hisobga olish, parvozlarni muvofiqlashtirish, sug‘urtalash va yetkazilgan zararni qoplash mexanizmlarini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Davlat rahbari uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) haqidagi ma’lumotlarni birlashtiruvchi yagona raqamli axborot tizimini yaratish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi. Shuningdek, dronlar uchun parvoz hududlarini belgilash va ulardan foydalanish tartibini joriy etish taklif qilindi.

Bundan tashqari, uchuvchisiz aviatsiya yo‘nalishi uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. Operatorlarni o‘qitish bo‘yicha innovatsion ekotizimni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

2027−2028-o‘quv yilidan Transport universitetida dronlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni boshlash, ta’limni amaliyot bilan bog‘lash va yangi aviatsiya texnologiyalariga qiziqishni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishi rejalashtirilgan.

Mirziyoyev uchuvchisiz aviatsiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqishni topshirdi. Kutilishicha, ular iqtisodiyotda dronlardan foydalanishni kengaytirish va ularning ishlab chiqarilishini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...

O‘zbekistonda $5 mln lik xalqaro startaplar tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda umumiy mukofot jamg‘armasi $5 mln bo‘lgan xalqaro startaplar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi. Tanlov 2027-yil aprel oyidan boshlab har yili...