Matbuot xizmatiYangiliklarMarkaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni chiqaradi

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni chiqaradi

Markaziy bank Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Tangalar Ikki tanga — bir Registon konsepsiyasi asosida yaratilgan. Oltin va kumush tangalar yonma-yon qo‘yilganda Registon maydoni peshtoqining yaxlit tasviri hosil bo‘ladi.

Tangalarning aversida Samarqanddagi Tillakori madrasasining me‘moriy elementlari va shaxmat donalari tasvirlangan. Oltin tangada 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi Samarqand-2026, kumush tangada esa 46th Fide Chess Olympiad Samarkand-2026 yozuvi joylashtirilgan.

Revers tomonida FIDE logotipi aks ettirilib, nominal qiymati ko‘rsatilgan. Shuningdek, oltin tangada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, kumush tangada esa Central Bank of the Republic of Uzbekistan yozuvi tushirilgan.

Esdalik tangalari 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan zarb etiladi. Har birining og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati 100 ming so‘mni tashkil etadi.

Dastlab 100 dona oltin va 500 dona kumush tanga chiqariladi. Bozor talabi va kolleksionerlar qiziqishidan kelib chiqib, keyinchalik qo‘shimcha nusxalar chiqarilishi mumkin.

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, esdalik tangalarni 24-sentabrdan tijorat banklari va filiallarida xarid qilish mumkin.

Regulyator saytidagi maʼlumotga ko‘ra, 23-sentabr holatiga 31,1 grammli oltin esdalik tanganing sotuv narxi 53,68 mln so‘mni, qaytarib sotib olish narxi esa 50,1 mln so‘mni tashkil etadi.

Xuddi shu og‘irlikdagi kumush tanganing sotuv narxi 1,55 mln so‘m, qaytarib sotib olish narxi esa 760 ming so‘m etib belgilangan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda biznes uchun kunduzgi elektr tarifi pasaytirilib, tungisi oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil may oyida tasdiqlagan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga...

Kredit uchun garov talabi yengillashtiriladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat banklarini mijozlar biznesini o‘stirish tamoyili asosida...

O‘zbekistondagi har bir mahalla uchun “yashil xarita” ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev Yashil makon umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish va innovatsion yechimlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan...

Innovatsion startaplar davlatdan 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ jalb qilishi mumkin. Shartlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasida islohotlar loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. Loyiha startaplarni saralash va moliyalashtirish...

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...